Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   462
LUG\'AT

DEMOKRATLASHTIRISH
— nodemokratik siyosiy tizimlardan demokratik 
siyosiy tizimlarga o‗tish jarayoni. D. mamlakatda demokratiya tamoyillarini qaror 
toptirish jarayoni, demokratik tuzumni izchil o‗rnatish va rivojlantirish hisoblanadi. 
Zamonaviy siyosiy fanda demokratlashuv masalalarini tranzitologiya fani o‗rganadi. 
Ko‗zga ko‗ringan vakillari – S.Xantington, D.Rastou, A.Pshevorski va h.k. Ularga ko‗ra 
demokratlashuv – natijasi mavhum bo‗lgan jarayon bo‗lib u demokratiyaning uzil-kesil 
qaror topishi – uyushgan demokratiya yoki avtoritar tizimning u yoki bu ko‗rinishiga 
qaytish bilan tugallanishi mumkin. 
DEMOS 
(yun. 
demos
– xalq) — Yunonistonda fuqarolik huquqlariga ega bo‗lgan 
erkin aholi. Mil. av. V-IV a.lardan boshlab D. aholi (asosan, shaharda yashovchilar)ning 
kambag‗al qatlamlari nomi. 
DEMOTSID 
(
demos
– xalq va 
cide 
– o‗ldirish) — tarixda juda ko‗p hukumatlar o‗z 
xalqini u yoki bu aybi uchun yoppasiga yoki qisman qirib tashlash hodisalari ko‗p bor 
sodir etilgan. 1900-yildan 1980-yilgacha taxminan 170 mln. kishi demotsid qurboni 
bo‗lganlar. Demotsidning eng tarqalgan ko‗rinishlari genotsid va polititsid (siyosiy 
muxoliflarni o‗ldirish) hisoblanadi. XX a.da 8 ta eng yirik demotsid jinoyatlari 
mobaynida 110 mln kishi halok bo‗lgan. Shulardan eng yirik demotsid jinoyatlari sifatida 
sobiq SSSRda Stalin katag‗onlari (1929-1953; 43 mln. kishi halok bo‗lgan), Xitoyda 
Mao Szedun demotsid siyosati (1923-1976; 38 mln. kishi halok bo‗lgan), Germaniyada 
Gitlerning d. siyosati (1933-1945, 21 mln kishi halok bo‗lgan)ni misol tariqasida sanab 
o‗tish mumkin. 
DEMPING 
(ing. 
dumping
– tashlash, tashlama) — tovarlarni tashqi va ichki 
bozorda sun‘iy arzonlashtirilgan, o‗rtacha chakana narxlardan, ba‘zan tannarxdan past 
narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri. Tashqi 
bozorda tovarlarning o‗z qiymatidan arzon sotilishidan birlashmalar zarar ko‗radi. Bu 


64 
zarar ichki bozorda sotilgan tovarlardan olingan yuqori foydadan mablag‗ ajratish yoki 
davlat budjetidan hamda soliqlar hisobidan qoplanadi. D. davlat yoki kompaniya 
tomonidan kelgusida kutilayotgan zararlarni bartaraf etish maqsadida o‗tkaziladi va bu 
yo‗l bilan zarur bo‗lgan pul, valyuta mablag‗lari tezda to‗planadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin