70
hamjihatlikka chaqirmoqda. Ular ham ug‗irlik, bosqinchilik, talonchilikni, zo‗ravonlikni,
adolatsizlikni qoralaydilar. Bu tashkilotlar ham umidsiz dillarga taskin va yupanch
bagishlaydilar, umidbaxsh a‘mol sifatida singan ko‗ngillarni ko‗tara oladilar. Ayni
paytda dinni niqob qilib olib undan g‗arazli maqsadlarda foydalanuvchi, jamiyatdagi
hamjihatlik, davlalararo, millatlararo va dinlararo totuvlik, ijtimoiy
barqarorlikka tahdid
soluvchi diniy ekstremistik uyushmalar ham yo‗q emas. Ularning ko‗rinishlari ham xilma
– xildir. Bunga misol qilib: musulmon mamlakatlardagi «musulmon birodarlarini»;
«toliblar harakati»; «vahobiylar harakatini» ko‗rsatish mumkin. Bu ekstremistik
tashkilotlar va xarakatlarnining maqsadi, ular boshlagan jaholatparastlik faoliyati qanday
oqibatga olib kelishi jahon jamoatchiligiga taboro ko‗proq ayon bo‗lmoqda.
DIPLOMAT
(fr.
diplomate
) — 1) muayyan bir davlatning xorijiy davlatlar bilan
rasmiy aloqalarini yuritib turadigan va buning uchun maxsus tayyorgarlik ko‗rgan
lavozimli shaxs. D.ga hukumat tomonidan vakolat berilib, u
chet davlatlarda daxlsizlik
huquqidan foydalanadi; 2) boshqa kishilarga ustalik bilan muomalada bo‗ladigan, o‗z
ishining nozik tomonlarini, qonun-qoidalarini, muzokara olib borish san‘atini
biladigan
kishi.
Dostları ilə paylaş: