69
targ‗ib qilishdir. D. e. ko‗pchilik dinlarda mavjud bo‗lib, uning tarafdorlari o‗z oldiga
siyosiy maqsadlarni qo‗yadi. Markaziy Osiyoda diniy ekstremistlar
mazkur mintaqa
xalqlari uchun an‘anaviy bo‗lgan xanafiylik mazhabi va moturidiya aqidalarini rad etib,
musulmonlarga siyosiylashtirilgan vahhobiy-salafiylik oqimi g‗oyalarini singdirishga
urinmoqda. Islom ekstremizmining aqidasiga ko‗ra,
birinchidan, go‗yo barcha hozirgi
zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yo‗qotganlar va «johiliya» a.i jamiyatlariga
aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan
siyosatini keskin
tanqid qilish uchun «asos» bo‗lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, go‗yo faqat «haqiqiy»
musulmonlar
hokimiyatga kelgach, barpo bo‗lajak «islomiy tartib»ni o‗rnatish uchun
keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning
konunga muvofiqligi
masalasi ular tomonidan umuman o‗rtaga qo‗yilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham
ularning tor talqinida) tayanib ish ko‗radilar va o‗zlarini islomdan chekingan hokimni
ag‗darishga go‗yo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining «nozik»
tomoni uning
«din»ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari o‗z qo‗l ostidagi
a‘zolarining ongiga shu darajada ta‘sir o‗tkazadilarki, ular hatto o‗zlarini qurbon qilishga,
muayyan maqsad yo‗lida «shahid» yoki «kamikadze» bo‗lishga tayyor turadilar.
«Musulmon birodarlari» harakati (Misr, 1928)dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906-
1965) hozirgi zamon islom ekstremizmining g‗oyaviy asoschisi sifatida tan olingan.
Uning «nazariya»siga ko‗ra, o‗zini musulmon deb hisoblovchilarning ko‗pchiligi
aslida
musulmon emas., va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad –
islom davlatini barpo qilish va jamiyatni to‗lig‗icha islomlashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: