71
a‘zolari bilan); tor ma‘noda – faqat diplomatik vakolatxonalar boshliqlari. D.k. yuridik
shaxs huquqiga ega bo‗lgan siyosiy uyushma, tashkilot emas.
DIPLOMATIK KURER
— tashqi ishlar vazirligidagi maxsus mansabdor shaxs.
Diplomatik pochta vakolatxonalarga yetkazib berish vazifasini bajaradi. D.k.
va u olib
boradigan pochta daxlsizdir. D.k. ushlanishi, qamab qo‗yilishi
yoki tintuv qilinishi
mumkin emas. D.k. chet el hududidan o‗tib borayotganida mazkur mamlakat hukumati
uning daxlsizligini ta‘minlashga majburdir.
DIPLOMATIK MUNOSABAT
— xalqaro huquq me‘yorlariga va xalqaro
muloqot tajribasiga ko‗ra davlatlar o‗rtasida rasmiy munosabatlarni
yuritishning asosiy
shakli. D.m. davlatlar o‗rtasida do‗stona aloqalarni rivojlantirishga,
xalqaro tinchlik va
xavfsizlikni saqlab turishga ko‗maklashishi zarur. Diplomatik munosabatlar to‗g‗risidagi
1961-yil Vena konvensiyasiga binoan davlatlararo D.m. o‗zaro kelishuv asosida yo‗lga
qo‗yiladi. D.m.ni o‗rnatishda odatda biron-bir davlat va uning hukumatining boshqa bir
davlat tomonidan defakto yoxud deyure tan olinishi dastlabki qadam hisoblanadi. D.m.
manfaatdor davlatlar vakillari
bilan bevosita yoki bilvosita, uchinchi bir davlat
diplomatik vakillari bilan muzokara yuritish natijasida o‗rnatiladi
hamda davlatlar va
hukumatlarning boshliqlari,
tashqi ishlar vazirlari, maxsus vakolatli shaxslarning o‗zaro
maktub, telegramma va xatlar ayirboshlashi tarzida rasmiylashtiriladi. Tomonlar D.m.
o‗rnatilishi fakti haqida, diplomatik vakilliklar darajasi (elchixona yoki missiya),
bitimning kuchga kirish sanasi, uni e‘lon qilish muddati va tartibi to‗g‗risida ham o‗zaro
kelishib oladi.
Dostları ilə paylaş: