Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   462
LUG\'AT

DIPLOMATIK MUZOKARA
— davlatlar vakillarining siyosiy, iqtisodiy 
masalalarni hamda ikki tomonlama va ko‗p tomonlama munosabatlarga oid boshqa 
muammolarni rasmiy muhokama qilishi. Maqsad – tashqi siyosiy strategiya va taktikani 
yoki tegishli diplomatik tadbirlarni o‗zaro kelishib olish, fikr almashish, shartnomalarni 
tayyorlash va tuzish, nizoli muammolarni hal etish va h.k. D.m. – davlatlar orasida 
vujudga kelib turadigan nizolar va mojarolarni tinch yo‗l bilan hal etishning asosiy 
vositasi, o‗zaro munosabatlarni rivojlantirish hamda chuqurlashtirishning xalqaro 
huquqda mustahkamlangan uslublaridan biri. D.m. qatnashchilari lavozimi (davlat 
boshlig‗i, hukumat boshlig‗i, tashqi ishlar vaziri va h.k.) muhokama etiladigan 
muammolarning ahamiyati bilan belgilanadi. Umum tan olgan odatga binoan davlat 
boshlig‗i, hukumat boshlig‗i, tashqi ishlar vaziri D.m.ni yuritish va maxsus vakolatlarsiz 
xalqaro shartnomalarni imzolash huquqiga ega; boshqa rasmiy shaxslar D.m.ni yuritish 
va yakunlovchi hujjatlarni imzolash uchun tegishli tarzda rasmiylashtirilgan vakolatlarga 
ega bo‗lishi shart. D.m. ularda ishtirok etuvchilarning shaxsiy uchrashuvlari yo‗li bilan 
yoki yozma ravishda – diplomatik yozishma vositasida o‗tkaziladi. Ko‗pincha 
muzokaralarning og‗zaki va yozma shakllaridan ayni bir vaqtda foydalaniladi. Qoida 
tariqasida D.m. dan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi, jum., delegatsiyalarning 
tegishli masalalarga yondashuvlari ishlab chiqiladi, yakunlovchi hujjatlarning loyihalari 
hozirlanadi va h.k. 
DIPLOMATIK NOTA
— diplomatik yozishmaga oid hujjatning bir turi. Verbal va 
shaxsiy D.n.larga bo‗linadi. Diplomatik tajribada ko‗proq verbalnota qo‗llaniladi. 
Shaxsiy D.n. muhim, jiddiy muammolarga bag‗ishlanadi yoki biron-bir voqea to‗g‗risida 
rasmiy axborot tarzida yuboriladi. D.n. diplomatik protokol talablariga binoan yoki 


72 
shaxsiy D.n.ga javob tariqasida ham yo‗llanadi, u imzo chekuvchi nomidan birinchi 
shaxs fe‘lida tuzilgan xat shaklida nota blankasiga bosilib, manzil ko‗rsatiladi, ammo 
muhr bosilmaydi. Xalqaro diplomatik amaliyotda D.n.lar ayirboshlash xalqaro 
shartnomalar tuzishning shakllaridan biri sanaladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin