73
hukumat nuqtai nazarini matbuotda yoritish. Diplomatik muassasalar va ularning mas‘ul
xodimlari diplomatik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi. Xalqaro huquqqa binoan,
diplomatik vakillarga o‗zlari ishlayotgan mamlakat ichki ishlariga aralashish man etiladi.
D.ning shakllanishi
davlatnksh yuzaga kelishi, uning muayyan organlari va lavozimdor
shaxslari faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan. O‗zbek davlatchiligi tarixida chet ellar bilan
muntazam aloqalar yo‗lga qo‗yilganligi yaxshi ma‘lum.
Amir Temur davlati Fransiya,
Angliya, Kastiliya, Konstantinopol, Genuya va Venetsiya bilan elchilar orqali aloqalarni
yo‗lga qo‗ygan. O‗zbekiston mustaqil davlat bo‗lgach, xalqaro munosabatlarning to‗la
huquqli subyektiga aylandi. 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqa o‗rnatdi (2002-
yil). BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va b. obro‗li xalqaro tashkilotlar
va kengashlarga a‘zo bo‗ldi. Uning tashqi siyosati, diplomatik faoliyati O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek,
davlatlarning suveren tengligi, kuch
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch
yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik hamda xalqaro
huquqning umum e‘tirof etgan boshqa qoida va me‘yorlariga asoslanadi. Teng
huquqlilik, o‗zaro manfaatdorlik va o‗zaro hurmat O‗zbekiston D.sining asosiy
tamoyillaridir. O‗zbekiston Respublikasi jahonda yangicha iqtisodiy tartib o‗rnatish,
butun dunyoda, jum. Markaziy Osiyo mintaqasida yalpi tinchlik va xavfsizlikni
ta‘minlash uchun, xalqaro terrorizm va giyohvandlikka
qarshi kurashda jahon
hamjamiyati bilan birga faol harakat qilmoqda, bu yo‗lda barcha diplomatik kanallarni
ishga solmoqda. O‗zbekistonda D. kadrlari Toshkentdagi
Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiya universitetida tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: