Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   462
LUG\'AT

DIPLOMATIK POCHTA
— davlat (odatda, tashqi ishlar mahkamasi timsolida) 
bilan uning chet eldagi diplomatik, konsullik va b. vakilliklari, shun., vakilliklar 
o‗rtasidagi aloqaning eng muhim va keng tarqalgan vositalaridan biri. Maxsus tartib 
bo‗yicha yo‗lga qo‗yiladigan D.p. orqali xizmatda foydalanish uchun mo‗ljallangan 
rasmiy xat-xabarlar, hujjatlar va buyumlar tegishli manzillarga diplomatik kurer 
tomonidan yetkazib beriladi. Bu narsalar paket, chamadon va kop (valiz)larga joylanadi: 
vakolatli organ tomonidan so‗rg‗ichlanib, muhrlanadi va kurer varaqasi tegishli shaklda 
to‗ldiriladi. D.p.da va kurer varaqasida xat-hujjat hamda yuklar olib borilayotgan manzil, 
«Expedition of Tiselle» deb yozilgan belgi, albatta, bo‗lishi kerak. Har bir kop D.p.da 
alohida o‗rin egallab, ham maxsus vakolatlangan shaxslar kuzatuvida, ham kuzatuvchisiz 
oddiy aloqa kanallari orqali yetkazilishi mumkin. D.p. daxlsiz bo‗lib, uni ochish, yo‗lda 
ushlash mumkin emas., unga boj ham olinmaydi. D.p.ga oid eng muhim qoidalar 
Diplomatik aloqalar to‗g‗risidagi 1961-yilgi Vena konvensiyasida belgilab berilgan. 
DIPLOMATIK QABUL
— diplomatiya sohasida rasmiy tadbirlardan biri. U 
muhim voqealar va yubiley sanalarini nishonlash, diplomatik vakillik joylashgan 
davlatning rahbar shaxslariga, diplomatik vakillar yoki mamlakatga kelgan chet el 
delegatsiyalariga hurmat ehtirom bildirish, ularni mehmon qilish maqsadida, shun., 
diplomatik vakillikning o‗ziga tegishli vazifalarini bajarish tarzida o‗tkaziladi. 
DIPLOMATIK VAKILLIK 
— davlatlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni 
boshqaradigan elchixona yoki missiya. Elchi boshqaradigan D.v. – elchixona, vakil yoki 
doimiy ishlar vakili boshqaradigan D.v. – missiya deb ataladi. D.v. XVI-XVIII a.larda 
Yevropada vujudga kelgan. D.v. elchi ayirboshlagan davlatda o‗z davlati nomidan 
muzokaralar olib boradi, vakillik joylashgan davlatning hayoti to‗g‗risida bundagi 
vakolatxona (elchixona, missiya)lar haqidagi qonun yo‗l qo‗ygan doirada ma‘lumotlar 
to‗playdi, har ikkala davlat o‗rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-texnikaviy 
aloqalarning rivojlanishiga yordamlashadi, o‗z davlati hamda fuqarolarining huquq 
hamda manfaatlarini qo‗riqlaydi. D.v. faoliyatiga rahbarlik qiladigan elchi diplomatik 
imtiyoz va immunitetga ega. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin