DIPLOMATIK AGENT — davlatlar vakolatxonalarining boshlig‗i, elchisi,
elchixona va diplomatik missiya xizmatchisi. 1815-yildagi Vena konvensiyasiga binoan
faqat vakolatxona boshliqlarigina D.a. hisoblanardi. Diplomatiyaning rivojlanishi bu
tushunchani kengaytirdi. Keyingi vaqtlarda elchixona va missiya xizmatchilari, hamma
darajadagi elchilar, vakolatxonaning diplomatik xizmatchilari, xalqaro tashkilotlarga va
konferensiyalarga yuborilgan rasmiy vakillar, shun., bir mamlakatning ikkinchi
mamlakatga yuboradigan delegatsiya boshliqlari va a‘zolari ham D.a. sanaladigan bo‗ldi.
DIPLOMATIK AKT — davlatlar o‗rtasida olib borilgan diplomatik muzokara
yoki maxsus konferensiya karori. D.a. shartnoma, bitim, pakt, konvensiya, protokol,
deklaratsiya, ustav, statut kabi turli nomlar bilan atalishiga qaramay, yagona yuridik
ahamiyatga ega. D.a. ning keng tarqalgan shakli – sulh, o‗zaro yordam va savdo
to‗g‗risidagi xalqaro shartnomalardir. Bayonot, memorandum ham D.a. hisoblanadi.
DIPLOMATIK IMMUNITET — chet el diplomatik vakillariga, maxsus
missiyalarga, davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi vakilliklariga,
ularning rahbarlari va xodimlariga beriladigan huquq va imtiyozlar majmui. D.i. chet el
diplomatlari va ular egallagan binolarning daxlsizligi, mahalliy sud tomonidan sud
qilinmasligi, o‗z hukumati bilan yashirin aloqa qilish huquqi va h.k.dan iborat.
Diplomatik vakilni ma‘muriy va sud yo‗li bilan qamashga, uning shu mamlakat
fuqarolari yoki ajnabiylar tomonidan haqoratlanishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Vakolatxona
binosi, undagi ashyolar, vakillarning turar joyi, mulki daxlsiz bo‗lib, ular joylashgan
binolar davlat muhofazasiga olinadi. Diplomat sud immuniteti huquqiga ham ega.
Diplomatik vakillar g‗ayriqonuniy xatti-harakati uchun javobgarlikka tortilmasdan, balki
xalqaro diplomatik tartib asosida uni vakil etib yuborgan davlat tomonidan chaqirib
olinadi. Shun., ular soliqlardan ozod qilinadi, bojxona imtiyozlariga ega. D.i.ga ega
shaxslar o‗zlari yashab turgan davlat qonunlarini hurmat qilishga majbur, bu qonunlarni
buzgan holda nomaqbul shaxs deb e‘lon qilinishi mumkin.