Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   462
LUG\'AT

DIPLOMATIK AGENT
— davlatlar vakolatxonalarining boshlig‗i, elchisi, 
elchixona va diplomatik missiya xizmatchisi. 1815-yildagi Vena konvensiyasiga binoan 
faqat vakolatxona boshliqlarigina D.a. hisoblanardi. Diplomatiyaning rivojlanishi bu 
tushunchani kengaytirdi. Keyingi vaqtlarda elchixona va missiya xizmatchilari, hamma 
darajadagi elchilar, vakolatxonaning diplomatik xizmatchilari, xalqaro tashkilotlarga va 
konferensiyalarga yuborilgan rasmiy vakillar, shun., bir mamlakatning ikkinchi 
mamlakatga yuboradigan delegatsiya boshliqlari va a‘zolari ham D.a. sanaladigan bo‗ldi. 
DIPLOMATIK AKT 
— davlatlar o‗rtasida olib borilgan diplomatik muzokara 
yoki maxsus konferensiya karori. D.a. shartnoma, bitim, pakt, konvensiya, protokol
deklaratsiya, ustav, statut kabi turli nomlar bilan atalishiga qaramay, yagona yuridik 
ahamiyatga ega. D.a. ning keng tarqalgan shakli – sulh, o‗zaro yordam va savdo 
to‗g‗risidagi xalqaro shartnomalardir. Bayonot, memorandum ham D.a. hisoblanadi. 
DIPLOMATIK IMMUNITET
— chet el diplomatik vakillariga, maxsus 
missiyalarga, davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi vakilliklariga, 
ularning rahbarlari va xodimlariga beriladigan huquq va imtiyozlar majmui. D.i. chet el 
diplomatlari va ular egallagan binolarning daxlsizligi, mahalliy sud tomonidan sud 
qilinmasligi, o‗z hukumati bilan yashirin aloqa qilish huquqi va h.k.dan iborat. 
Diplomatik vakilni ma‘muriy va sud yo‗li bilan qamashga, uning shu mamlakat 
fuqarolari yoki ajnabiylar tomonidan haqoratlanishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Vakolatxona 
binosi, undagi ashyolar, vakillarning turar joyi, mulki daxlsiz bo‗lib, ular joylashgan 
binolar davlat muhofazasiga olinadi. Diplomat sud immuniteti huquqiga ham ega. 
Diplomatik vakillar g‗ayriqonuniy xatti-harakati uchun javobgarlikka tortilmasdan, balki 
xalqaro diplomatik tartib asosida uni vakil etib yuborgan davlat tomonidan chaqirib 
olinadi. Shun., ular soliqlardan ozod qilinadi, bojxona imtiyozlariga ega. D.i.ga ega 
shaxslar o‗zlari yashab turgan davlat qonunlarini hurmat qilishga majbur, bu qonunlarni 
buzgan holda nomaqbul shaxs deb e‘lon qilinishi mumkin.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin