3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning o‘rni



Yüklə 131,38 Kb.
səhifə1/10
tarix16.12.2023
ölçüsü131,38 Kb.
#180925
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro t-www.fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning o‘rni

M U N D A R I J A


KIRISH...........................................................................................................3

1-BOB. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning o‘rni


1.1.Dunyo hamjamiyati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti………………………..
1.2.O`zbekiston Respublikasi-Birlashgan Millatlar tashkilotining a'zosi………...


2-BOB. YUNESKO va O`zbekiston respublikasining xalqaro-huquqiy hamkorligi masalalari
2.1.YUNESKO-BMTning ixtisoslashgan muassasasi………………………........
2.2. O‘zbekiston YUNESKOning to`la huquqli a'zosi……………………..……..
XULOSA……………………………………………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI..........................


KIRISH



Mavzuning dolzarbligi. XXI asrda zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan yangi tendensiyalar, jumladan, jahon globallashuv jarayonlarining shiddat bilan rivojlanib borishi sharoitida insoniyat oldida yangi tahdid va xavf-xatarlarning yuzaga kelishi hamda ularning keng tarqalishi kuzatilmoqda. Shu ma’noda Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari hamda xavfsizligining kafolati sifatida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu haqda fikr yuritganda, BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari haqida alohida to`xtalish lozim. Ma’lumki, BMTning 2000 - yilda bo`lib o`tgan Mingyillik sammitida Mingyillik deklaratsiyasi qabul qilinib, unda Inson taraqqiyoti konsepsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan edi.
Jahonning turli mintaqa va hududlarida qarama-qarshilik va ziddiyatlar qonli mojarolar, xalqaro terrorizm. Ekstremizm, narkotrafik kabi xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda, fashizm degan balo yana bosh kо‘tarmoqda. Millatchilik, shovinizm singari ofatlar maydonga chiqmoqda. Prezidentimiz 2015 yil 9 may xotira va qadrlash kuni munosabati sо‘zlagan ma’ruzasida “Butun insoniyatni tashvishga solayotgan bunday murakkab sharoitda barcha tinchliksevar kuchlarning say-harakat va imkoniyatlarini yagona maqsad yо‘lida safarbar etish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi va boshqa nufuzli xalqaro institutlarning о‘rni va ta’sirini kuchaytirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda”1 deydi.Shuni alohida qayd etish lozimki, Yurtboshimiz nutqida har tomonlama asoslab berilgan, tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan masalalar, jumladan, mintaqamizda va butun dunyodagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bu borada BMT bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va faollashtirish – bularning barchasi jahon jamoatchiligidan birgalikdagi doimiy say-harakatlarni talab etadigan ustuvor vazifalardir. Shunga ko`ra, ushbu Bitiruv malakviy ishda Birlashgan Millatlar Tashkilot bilan O`zbekistonning munosabatlarini kengroq o`rganilishini ta’minlash, shu asosda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan, tom ma’noda tarixiy ishlarning ma’no-mazmuni, beqiyos ahamiyati, O`zbekistonning jahon miqyosida ortib borayotgan obro`–e’tibori haqida ma’lumotlar berishni maqsad qilib oldik.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so‘ng, mamlakat manfaatlariga mos keladigan, uning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini mustahkamlashga xizmat qiladigan, markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro terrorizm, separatizm va ekstremizmning barcha ko‘rinishlariga, shuningdek narkotrafik va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishiga qarshi hamkorlikda kurashish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqdi va uni og‘ishmay hayotga tadbiq qilib kelmoqda1.
Globallashuv davrida vujudga kelayotgan global va mintaqaviy tahdidlar jahon hamjamiyatining e’tiborini o‘ziga qaratib, ularga qarshi kurashishda jahon mamlakatlarining hamkorlikda faoliyat yuritishi va global xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan choralarni amalga oshirishda dolzarb masalaga aylanib kelmoqda.
Shuning uchun ham biz o‘z ishimizda O‘zbekistonni xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini tadqiq etish asnosida bu sohada erishgan yutuqlarni tahlillar asosida umumlashtirib, ular asosi xulosalar shakllantirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

Yüklə 131,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin