Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   462
LUG\'AT

DEPOZITAR DAVLAT
— ko‗p tomonlama shartnomalar tuzishda qatnashuvchi 
va ana shu shartnomaning shartlariga muvofiq o‗z zimmasiga shartnoma matnini, 
shartnoma ratifikatsiya qilingani, unga boshqa davlatlar qo‗shilgani to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar, xujjatlarni saqlash burchini olgan davlat. 
DEPOZITARIY
(lot. 
depositum
– saqlash uchun berilgan narsa) — depozitlar 
ishonib topshirilgan jismoniy yoki yuridik shaxs. D. fond bozoridagi kimmatli qog‗ozlar 
(aksiya, veksel, sertifikat va b.)ni joylashtirish, saqlash va hisobga olish, muomala 
harakatlarini qayd etish bilan bog‗liq ishlarni amalga oshiriladi (aksiyadorlik 
jamiyatlariga, brokerlik idoralariga, investitsiya fondlari va b.ga xizmat ko‗rsatadi).
DEPRESSIYA
(lot. 
depressio
– bosilish, susayish) — 1) iqtisodiy tanglik natijasida 
va undan keyin boshlanadigan turg‗unlik davri. Bu davrda ishlab chiqarish o‗smaydi, 
iqtisodiy jonlanish yuz bermaydi, ishsizlar soni ko‗payadi, narxlar bir me‘yorga kelgan 
bo‗lsa ham tovar va xizmatlarga talab past bo‗ladi. Tovar zaxiralari ko‗paymaydi, uning 
ma‘lum qismi arzon bahoda sotiladi. Arzon sotilgan mahsulotlar o‗rnini qoplash uchun 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ish haqini pasaytirishga, mehnat 
unumdorligini oshirishga qaratilgan choratadbirlar ko‗riladi. Tanglikdan keyingi D. 
iqtisodiy tanglik yakuniy bosqichga o‗tganligini va iqtisodiyotda jonlanishni, so‗ngra 
yuksalishni kutish mumkinligidan darak beradi. 2) ruhiy tushkunlik, ezilganlik holati. 
DEPUTAT
(lot. 
deputatus
– vakil etilgan, yuborilgan) — 1) qonunchilik yoki 
davlatning boshqa vakillik organiga yoki mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organiga 
saylangan shaxs, aholining ma‘lum qismi – o‗z saylov organi (sotsialistik deb atalmish 
mamlakatlarda) saylovchilarning yoki butun millatning (demokratiya davlatlarida) vakili. 
Deputat muvofiq keluvchi vakillik organida professonal asosda (ko‗pchilik demokratiya 
davlatlarida) yoki noprofessional asosda, ya‘ni asosiy faoliyatini to‗xtatmay (sotsialistik 
deb atalmish mamlakatlarda) ishlaydi.; O‗zbekiston Respublikasida – xalqning 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i 
Kengesi, xalq D.lari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi vakolatli vakili. Ularning 
maqomi, vakolatlari, D.lik faoliyatining kafolatlari «O‗zbekiston Respublikasida 
deputatlarning maqomi to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasining qonunida belgilab 
berilgan; 2) jamoa (guruh) tomonidan biron-bir topshiriqni bajarish uchun vakil qilingan 
shaxs. 
DEPUTAT MAQOMI
— davlat vakillik hokimiyat organlari deputatlarining 
huquqiy maqomi bo‗lib, huquqiy normalar majmuasi bilan belgilanadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin