Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   462
LUG\'AT

DEMOGRAFIK SIYOSAT
— mamlakat aholisi o‗sishini tutib turuvchi
rag‗batlantiruvchi davlat yoki mintaqaviy siyosat. 
DEMOGRAFIYA 
(yun. 
demos
– xalq va 
grafia
) — har yili turli sabablarga ko‗ra 
vafot etgan aholi o‗rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to‗ldirib borilishi 
qonuniyatlarini ijtimoiy-tarihiy sharoitlarga bog‗liq holda o‗rganadigan fan. 
DEMOKRATIK ONG 

har qanday bir yoqlamalikdan holi bo‗lgan eng 
mukammal, oqilona siyosiy ong turidir. U ijtimoiy muammolarni umuminsoniy 
qadriyatlar – o‗zaro birlik, tenglik, ishonch, hamkorlik, hamjixatlik asosida xal kilishga 
intiladi. Demokratik ong ijtimoiy murosasizlikni, kuch ishlatishni – ijtimoiy ziddiyatlarni 
bartaraf etishning hal qiluvchi usuli sifatida inkor qiladi. U ijtimoiy birlikni, 
hamjixatlilikni, murosayu-madorani, o‗z faoliyatining asosiy usuli, deb qaraydi.
 
DEMOKRATIK TADBIRLAR
— saylovlar, saylangan mansabdor shaxslarning 
hisobotliligi, vakillarni chaqirib olish, qonun loyihalari va b. xujjatlarni umumxalq 
muhokamasi, referendumlar, so‗rovlar, namoyishlar, yig‗ilishlar, s‘ezdlar, chet el 
tashriflari va h.k. xalqning davlat va jamiyat ishlarida keng qamrovli va samarali 
ishtirokini ta‘minlovchi tadbirlar. Ammo bularning mavjudligi hali jamiyatda 
demokratlashtirish yalpi tus olganligini bildirmaydi. 
DEMOKRATIK TAMOYILLAR
— hokimiyat asosiy organlarining saylanishi, 
siyosiy plyuralizm, qarorlarning ko‗pchilik ovozi bilan qabul qilinishi, kamchilikning o‗z 
nuqtai nazariga ega bo‗lishi va uni oshkora ifodalash hamda himoya qila olish huquqi. 
DEMOKRATIK TRANZIT 
— avtoritar siyosiy tizim doirasida demokratiyaga 
o‗tishdir. Bunda avtoritar siyosiy tartibotlar demokratiyaga o‗tishning bir qator muhim 
omilariga va institutlariga ega bo‗ladilar. Jum., avtoritarizmda iqtisod bozor 
munosabatlariga asoslangan, mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‗ladi, ular siyosat 
tomonidan emas., o‗z qonuniyatlari bilan boshqarilali, Ularni faqat demokratik tamoyillar 
asosida qayta qurish talab etiladi, holos. Ijtimoiy munosabatlar sohasida ham jamiyatdagi 
qatlamlar, guruhlar tizimi shakllanib bo‗lgan va har birining manfaati saralanib bo‗lgani 
holda (shu manfaatlar bosimi ostida) ular o‗rtasidagi munosabatlar, ta‘sir tamoyillarini 
demokratik izga solish zarur bo‗ladi. 


62 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin