Maqsad: a ta’limiy: Iqtisodiy tizim va uning turlari to’g’risida tuhuncha berish



Yüklə 37,16 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü37,16 Kb.
#169929
  1   2   3   4

6- Mavzu

Iqtisodiy tizimlar.(8- sinf)


Maqsad, vazifalar


Maqsad:
a) ta’limiy: Iqtisodiy tizim va uning turlari to’g’risida tuhuncha berish;


b) tarbiyaviy: o’quvchilarning iqtisod fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish, hunarga mehr ko’zi bilan qarashga o’rgatish, xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali ta’lim –tarbiya berish.
c) rivojlantiruvchi: Dars jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish, og’zaki va yozma fikrlashni rivojlantirish, mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mavzuga oid tarqatilgan materiallarni o’quvchilar guruh holida o’zlashtirib olishlari va suhbat- munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.


O’quv jarayonining mazmuni


Dars jarayonida faollahtiruvchi savol va tophiriqlardan foydalaniladi, Iqtisodiy tizimlar, an’anaviy, markazlashgan rejali buyruqbozlikkka asoslangan iqtisod bozor iqtisodiyoti, aralash iqtisod tushunchalari yoritiladi.


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi


Darsturi: Yangi materialni o’rganuvchi dars.


Metod: Aqliy hujum
Vosita: Tarqatma materiallar: matn va rasmlar, doska.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.
Baholash: rag’batlantirish, 5 balli tizimda

Kutiladigannatijalar


Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishiladi. O’quvchi faolligi oshadi, darsga nisbatan qiziqish iuyg’onadi, barcha o’quvchilar baholanadi, o’quvchi tomonidan yozma axborotni mustaqil o’rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va javob berishga o’rganadi


Kelgusirejalar (tahlil, o’zgarishlar)


O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.


O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon qila oladi, shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini oshiradi.




Fan: " Iqtisodiy bilim asoslari"
8- sinf

6- mavzu Iqtisodiy tizimlar
1.Dars maqsadi :

  • Iqtisodiy tizim mohiyatini tushuntirib berish ;


  • Iqtisodiy tizim turlarini sanab bera olish;


  • Eng maqbul iqtisodiy tizim haqida xulosa chiqara olish.




II.Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy atama va tushunchalar:


  • Iqtisodiy tizim;


  • An’anaviy iqtisodiyot;


  • Bozor iqtisodiyoti:


  • Markazlashgan rejali iqtisodiyot;


  • Aralash iqtisodiy tizim.




III. Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari:Ko`rsatmalar,tarqatma materiallar,8-sinf darsligi
IV.Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:


1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Yangi mavzuni boshlashga xozirlik


3 daqiqa

3.

Yangi mavzuni yoritish:


Mavzuni tushuntirish;
Mashq ishlash
xulosa;

8 daqiqa
5 daqiqa

5 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash

16 daqiqa


5.

Baholash

3 daqiqa

6.

Uyga vazifa


3 daqiqa


Darsning tafsilotlari:
1.Tashkiliy qism.
Oquvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi. Oquvchilarni guruhlarga ajratish.
2.Uyga berilgan vazifalar boyicha savol –javob o`tkazish
Mehnat taqsimoti nima? Mahsuldorlik mazmunini ayting. Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasiz? Ixtisoslashuv nima? Mehnat taqsimotining ijobiy va salbiy tomonlarini ayting. Mehnat taqsimotidan ko`zlangan asosiy maqsad nima?
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik. O`quvchilar guruhlarga bo`linadi.
3. Yangi mavzuni tushuntirish:Iqtisodiy tizim mohiyati tushuntirilib beriladi Iqtisodiyotning uch savoli mazmuni tushuntiriladi.
Iqtisodiy tizim-mamlakat iqtisodiy hayotini boshqarish shakli.
Har bir guruh uchun iqtisodiy tizim turlari bo`yicha topshiriq beriladi. Guruhlar javoblari tinglanadi. Guruhlar javoblari umumlashtirilib iqtisodiy tizimlar mazmuni tushuntirilib beriladi.
An’anaviy iqtisodiyot- iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatdagi an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.
Aralash iqtisodiyot- bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning maqbul tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizim.
Bozor iqtisodiyoti- xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy yechimlar bozor mehanizmi yordamida aniqlanadigan iqtisodiy tizim.
Markazlashgan rejali iqtisodiyot - deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo’lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko’ra amalgam oshiriladigan iqtisodiy tizim.
4. O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga mosini toping jadvali beriladi
4.1. Quyidagi jadvalda berilgan atamalarga mos talqinlarni topib katakchaga belgilang (d,e,a,b,c to`g`ri javob)


Atama nomi


javobi

talqini

Iqtisodiy tizim




a)xususiy mulkchilikka asoslangan, barcha iqtisodiy yechimlar bozor mehanizmi yordamida aniqlanadigan iqtisodiy tizim.


An’anaviy iqtisodiyot




b)deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo’lib, iqtisodiy yechimlar markazlashgan holda davlat tomonidan qabul qilinadigan va rejaga ko’ra amalgam oshiriladigan iqtisodiy tizim.


Bozor iqtisodiyoti




c)bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning maqbul tomonlarini o`zida mujassamlashtirgan zamonaviy iqtisodiy tizim.


Markazlashgan rejali iqtisodiyt




d)jamiyat( mamlakat) iqtisodiy hayotini tashkil qilish shakli.


Aralash iqtisodiy tizim




e)iqtisodiyotning asosiy savollariga jamiyatdagi an’analarga asoslanib javob beradigan iqtisodiy tizim.




4.2. Quyida berilgan iqtisodiyotning uch savoli qanday muammolarni o`z ichiga qamrab oladi?


Yüklə 37,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin