Maqsad: a ta’limiy: Iqtisodiy tizim va uning turlari to’g’risida tuhuncha berish



Yüklə 37,16 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü37,16 Kb.
#169929
1   2   3   4
BOZOR IQTISODIYOTI
Bu iqtisodiy tizimda deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy korxonalar,shaxslar qo`lida bo`lib,barcha iqtisodiy yechuimlar iste’molchi va ishlab chiqaruvchi sifatida qatnashuvchi shaxslar tomonidan erkin qabul qilinadi. Nimadan ,qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi talab va taklifga asoslangan bozor mexanizmi yordamida aniqlanadi.(Bu mexanizm haqida keyinroq batafsil toxtalamiz). Masalan iste’molchilarda tamakini sotib olishga bo`lgan hohish, ya’ni talab bo`lmasa, fermer xo`jaliklari tamaki ekmay qo`yishadi, chunki uni hech kim sotib olmaydi va undan foyda yo`q.Uning o`rniga esa foydaliroq bo`lgan don ekinlari ekishadi va hokazo.


MARKAZLASHGAN REJALI IQTISODIYOT.
Bu iqtisodiy tizimda deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari davlat tassarufida bo`lib, barcha iqtisodiy yechimlar, nimani qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi hukumat tomonidan markazlashgan holda yechiladi.Shuningdek, bu mahsulotlarni qay tariqa ishlab chiqarish ham oldindan rejalashtirilib , markazda o’tirgan bir guruh mutahassislar tomonidan hal qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot hukumat tomonidan taqsimlanadi. Ishlab chiqarishdan olingan foyda davlat ihtiyorida qoldiriladi va u ham rejaga asosan taqsimlanadi.Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi sobiq ittifoq va qator sotsialistik davlatlarda mavjud edi.

ARALASH IQTISODIYOT
Bu iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish resurslarining bir qismi davlat tasarrufida , qolganlari esa xususiy korxonalar va shaxslar qo’lida bo’ladi. Ba’zi turdagi tovar va mahsulotlar davlat tomonidan ishlab chiqarilsa , qolganlari xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Shuningdek, aralash iqtisodiyotda davlat iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi kuch sifatida qatnashadi va shu bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligi ham ta’minlanadi. Shu bois aralash iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning qorishmasidan biorat iqtisodiyot deb atash mumkin. Hozirda dunyoning ko’plab davlatlarida aralash iqtisodiyot tizimi hokum surmoqda . Bunga misol qilib
Yüklə 37,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin