147
qoidalar qanday holatda, qaysi vosita yordamida va
qanday maqsadlarga erishish
uchun u yoki bu bilim zarur bo’lishini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, bilim
faoliyat tizimiga kiradi va maxsus shakl sifatida namoyon bo’ladi, uning asosida
esa faoliyatdagi ish tartibi bayon etiladi.
O’zining falsafiy qarashlarida mashhur matematik faylasuf Abu Nasr Forobiy
pedagogikaning fan sifatidagi ayrim muhim vazifalarini ko’rsatib o’tadi.
“Tarbiyalash san’ati tamoyili shundayki, - degan u,- tarbiyalash uchun reja
tuzadigan kishilarning ko’z oldidan quyidagilar ketmasligi kerak va bu shunday:
bolalar faqat hozirgi kungina emas, balki kelajak uchun xam tarbiyalanishlari
lozim, ya’ni, odamzod mafkurasi uchun va uning
umumiy burchi uchun tarbiya
olishlari kerak”. Ulug’ matematik, astronom Mirzo Ulug’bek o’z shogirdlariga tez-
tez shunday deb turgan: “Agar Yerdagi voqelikni yaxshi tushunishni istasang,
kelajakni yaxshi rejalashtira ol”. Astronomiya, matematika, fizika, tibbiyot,
geografiya, tarix va lingvistikaga oid ko’plab asar yozgan buyuk mutafakkir Abu
Rayhon al-Beruniy ta’kidlagan: “Aqlli kishi kelajak avlod uchun foyda keltirib, u aql
va idrok bilan hammani mushohada eta olsagina, ruhan qanoat hosil qilgan”.
Vatanimizda faol ijtimoiy -pedagogik tafakkur
rivoj-lanishiga Toshmuhammad
Qori-Niyoziy, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonovlar katta hissa
qo’shdilar. Ularning asarlarida kelajak kishi siymosini yaratish g’oyasi muammosi
alohida o’rin egallaydiki, unga erishish yo’lida tarbiyaning tegishli tizimi barpo
bo’lishi lozim edi. Mashhur o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy o’z asarlarida ko’p
marta o’z diqqatini pedagogikaning vazifalarini tahlil qilishda,
uning tarbiya
haqidagi fan sifatida tarbiyaviy faoliyatning san’at sifatidagi ahamiyatini
yoritishga qaratdi. Abdulla Avloniyning fikricha, «tarbiya san’atlarning oliysidir,
san’at esa hali mavjud bo’lmagan tomon intiladi, uning oldida ijodiyotining
kelajakdagi maqsadi va g’oyaviy siymosi gavdalanadi».
Dostları ilə paylaş: