Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shaxsiy fond



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

3.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxividagi shaxsiy fond 
hujjatlarining tavsifi. 
Shaxsiy fondlar tarkib topishi jixatidan shaxsiy arxiv fondi 
hisoblanib, ayrim shaxs, oila, shajara hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan 
hujjatlardan tarkib topgan arxiv hujjatlari sanaladi. Shaxsiy fond hujjatlariga fond 
egasiga tegishli biografik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar, dissertatsiya 
ko‘chirmalari, shaxsiy yozishmalar, shaxsiy hayotiga va faoliyatiga doir turli rasmiy 
hujjatlar, xizmat yoxud ijtimoiy ishga tegishli hujjatlar, kundaliklar, har xil 
fotosuratlar, yozishmalar, hadya bitiklar, maktublar, magnit tasmalari, turli 
yillardagi davriy matbuot nashrlaridan olingan qirqimlar, ayrim tarixiy manbalar
kitob, jurnal va gazetalar, fond egasi to‘g‘risidagi turli shaxslarning chikishlari, fond 


98 
egasi tomonidan, topshirilishi kerak, deb hisoblangan turli qo‘lyozmalar va boshqa 
hujjatlar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida 220 tadan ortiq tarixiy 
shaxslarning shaxsiy fondlari saqdanadi. Fondlar turli davr va sohalarda ijtimoiy 
faoliyat olib borgan shaxslarga tegishlidir. Ularning orasida davlat va jamoat 
arboblari, ijtimoiy va tabiy soxa olimlari, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, ma’lum 
soxa buyicha xizmat ko‘rsatgan faollar (arxitektor, irrigator, muxandis, diniy arbob), 
madaniyat xodimlari, teatr va kino mutaxassislari, jurnalistlar, taniqli sportchilar, 
urush qaxramonlari va hokazolar bor. 
Shaxsiy fond hujjatlari nafaqat ma’lum shaxslarning personal tarixi, balki, 
ijtimoiy tarix, ma’lum bir fan, soha tarixini o‘rganish buyicha daliliy materiallar 
berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Eng muhimi shundaki, ayrim tarixchi 
olimlarning fondlaridagi hujjatlar faqatgina “shaxsiy” bo‘lmay, mamlakatimiz, 
umuman O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishga doir ko‘plab noyob hujjatlar uchraydi. 
Shaxsiy fondda rus sharqshunos olimi va rassomi V.L.Vyatkin, tarix fanlari 
doktorlari, akademiklar M.E. Masson va G.A. Pugachenkova, YA.E. G‘ulomov, 
K.E. Jitov, K.Sh. Shoniyozov, S.A. Azimjonova, fan doktorlari. O.D.Chexovich, 
B.V. Lunin, L.I.Rempel, G.N. Chabrov, M.Yu.Yuldashev, X.Sh. Inoyatov
A.Ya.Sokolov, A.X.Boboxujaev, L.V. Gentshke, M.A. Axunova, T.G.Abaeva, P.A. 
Kovalev, tarix fanlari nomzodlari L.M.Landa, G.L.Dmitriev, M.I.Vekselman, 
M.E.Voronets, I.G.Polinov kabi olimlarning, bundan tashqari, tarixchi - 
kutubxonachi E.K.Betger, arxeolog G.V.Parfenov, etnograf V.I.Anuchin, tarixchi 
V.P.Savitskiy, arxitektor-sharqshunos B.N.Zasipkin, antrapolog L.V.Oshanin, 
sharqshunos I.D.Yagello kabi o‘lkashunoslarning shaxsiy arxiv hujjatlar jamlanmasi 
saqlanmoqda. 
1943-yilda tashkil etilgan Tarix va arxeologiya instituti o‘z faoliyati 
mobaynida O‘rta Osiyo tarixiga doir tadqiqotlar va manbalarni nashr etish ishlarini, 
umuman sohaga oid barcha ishlarni ma’lum ilmiy yunalishda rejaga asosan amalga 
oshirib kelmoqda. Tarix va arxeologiya instituti tashkil bo‘lgan dastlabki chog‘larda 
olimlar asosan o‘z ilmiy ishlarini Rossiyaning etakchi shaharlarida boshlagan 


99 
bo‘lsalarda, keyinchalik O‘zbekistonda ham soha buyicha ilmiy kengash tuzila 
boshlandi. Shunga ko‘ra, mutaxassislarning ilmiy salohiyat oshib bordi. Buni O‘zR 
MDAda saqlanayotgan shaxsiy fondlar ham tasdiqlaydi. 
O‘zbekistonda tarix ilmi rivojiga katta hissa qo‘shgan va ko‘plab shogirdlar 
etishtirgan olimlardan yana biri professor Boris Vladimirovich Lunin bo‘lib, u 1953-
yildan umrining oxirigacha Tarix institutida faoliyat olib bordi. B.V. Lunin ilmiy 
kotib, katta ilmiy xodim, 1968-yildan Tarix instituta tarixshunoslik sektorini 
boshqargan. Uning rahbarligida o‘ndan ziyod nomzodlik va doktorlik 
dissertatsiyalari yoqlangan. Uning “O‘zbekistonda arxeologiya, tarix, etnografiya, 
falsafa va huquq
fanlari buyicha bibliografik ko‘rsatkichlar”i tadqiqotchilar uchun 
muhim ilmiy amaliy qimmatga ega. 
B.V.Luninga tegishli barcha shaxsiy arxiv hujjatlari uning qizi S.V. Lunina 
tomonidan 2002-yilda O‘zbekistan Respublikasi Markaziy davlat arxiviga 
topshirilgan. O‘sha yiliyoq 1876-2002-yillarga tegishli mazkur shaxsiy hujjatlar 
ilmiy-texnik ishlovdan o‘tkazilib, jami 425 yigmajildning (fond R-2868) opisi 
tuzilgan. B.V.Lunin shaxsiy fondi hujjatlari “B.V.Luninning ilmiy ishlari”, “Ilmiy 
xizmat materiallari”, “Biografik materiallar”, “Xatlar”, “B.V.Lunin haqidagi 
maqolalar”, “Xadya bitiklar”, “Boshka shaxsga tegishli materiallar” dan iborat. 
O‘zR MDAda 2888-fond raqami ostida saqlanayotgan hujjatlar akademiklar 
Karim Shoniyozovich Shoniyozov (1924-2000) va uning rafiqasi Saboxat 
Azimjonovna Azimjonova (1922-2001) larning birlashgan fondi bo‘lib, hujjatlar 
ikki yirik olimning hayoti va ilmiy faoliyatining juda ko‘p qirralarini aks ettiradi. 
1957-yilda K. Shoniyozov O‘zR FA Tarix instituta aspiranturasiga o‘qishga 
qabul qilindi. 1960-yilda Moskva shahrida «Историко этнографической очерк 
карлуков юэчжых и западных раёнов Узбекистана» nomli nomzodlik, 1977-
yilda esa «К этнической истории узбекского народа» nomli doktorlik 
dissertatsiyalarini himoya qildi. 1960-yildan boshlab Tarix institutining turli 
lavozimlarida ilmiy faoliyat olib bordi. 1990-yildan umrining oxirigacha mazkur 
dargoxda etnik jarayon va o‘zbek xalqining etnik tarixi muammolarini o‘rganuvchi 
ilmiy tadqiqot guruxiga rahbarlik qildi. 


100 
K.Shoniyozov shaxsiy fondidan biografik ma’lumotlar, xotiranomalar 
(qo‘lyozma), olimning ilmiy ishlari ro‘yxati, rejalari, monografiyalari, maqolalar, 
ma’ruzalar, taqrizlar, olim ilmiy rahbarlik qilgan tadqiqotchilarning ro‘yxati va 
ularning dissertatsiyalari, kundalik daftarlar (qo‘lyozma), olimning ilmiy ishlari 
uchun to‘plangan materiallari, hayotiga doir shaxsiy hujjatlari, yozishmalar, ijtimoiy 
faoliyatiga doir hujjatlar, faxriy yorliqlar, olim haqida boshqa shaxslarning ishlari 
muhim o‘rin olgan. K.Shoniyozovning “O‘zbeklar”, “Qarluq davlati va qarluqlar”, 
“O‘zbek xalkining shakllanish jarayoni”, “Toshkent shahri tarixidan lavha”, 
“O‘zbek xalqining etnogeneziga oid ba’zi nazariy masalalar”, “Qang‘ davlati va 
qang‘lilar”, “IX-X asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarida etnik va madaniy 
jarayon”, “O‘zbek xalqining san’at tarixidan bir lavha”, “Mahalliy turklar kimlar: 
turkmi yoki turkiy?” kabi ilmiy ishlariga doir hujjatlar saqlanadi. Shuningdek, 
O’zbekiston FA akademigi, arxeolog olim Yahyo G’ulomov (1908-1977)ning 
ishlari O‘zR MDA 2883-fondida, Baris Vladimirovich Lunin (1906-2001)ning ilmiy 
ishlari 2868-fondda, etnograf olim Nil Sergeyevich Likoshin (1860-1923)ga tegishli 
arxiv hujjatlar 2499-fondda, shaqshunos va lignvist olim Vladimir Petrovich 
Nalivkin (1852-1918)ning hujjatlari 2409-fondda, tarixchi olima Axunova Melixon 
Axunovna (1928-1987)ning ishlari 2800-fondda, arxeolog olim Mixail Evgenevich 
Masson (1897-1986) ning ilmiy ishlari 2773-fondda, O’zbekiston SSR xalq rassomi 
Lutfulla Abdullaevning asarlari 2707-fondda, O’zbekiston SSR FA Prezidenti
Abdullaev Habib Muxamedovich (1912-1962) ning hujjatlari 2575-fondda, Stalin 
ta’qiblarining begunoh qurboni bo’lgan yozuvchi Mahmud Botu (Mahmud 
Maqsudovich Xodiev (1904-1940)ga tegishli arxiv hujjatlari 2556-fondda, SSSR 
xalq artisti, kinoaktyor Raxim Pirmuxammedov (1897-1972) ning hujjatlari 2639-
fondda saqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, tarix fanining qaysi yo‘nalishi o‘rganilishidan qat’iy 
nazar o‘rganilayotgan muammoni tadqiq etgan shaxslar faoliyati, ularning olib 
borgan tadqiqotlari natijalari, shu bilan birga, shaxsiy hujjatlari bilan ham tanishish 
kerak bo‘ladi. Muammoning o‘rganilish darajasi va tarixshunosligini yoritish 
ma’lum bir shaxslar faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu esa o‘z o‘rnida arxiv hujjatlariga, 


101 
xususan shaxsiy fondlardagi faktik materiallarga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. 
O‘zR MDAda saqlanayotgan 200 dan ortiq shaxsiy fond hujjatlari tarixiy tadqiqot 
olib borishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi shaxsiy arxiv materiallari tarixda iz 
qoldirgan mashxur-shaxslarning ijodi, faoliyatini, qolaversa, davr va jamiyat tarixini 
tadqiq etishdagi “bo‘shliq”ni to‘ldirishda daliliy manba, tarixiy hujjat vazifasini 
o‘taydi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin