MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
chiqqan. Viloyat boshlig‘i –
satrapga
cheklanmagan hokimiyat
berilgan edi. Satraplarning ko‘pchiligi ahamoniylar sulolasining
vakillari
bo‘lgan. O‘rta Osiyoning forslar
bosib olgan viloyatlari uch
satraplikka bo‘linadi. Har bir satraplik yillik soliq to‘lagan. Bundan
tashqari, qaram xalqlar saroy va ibodatxonalar qurilishiga ham
safarbar etilgan. Soliqni kumush, chorva mollari (otlar, tuyalar,
qo‘ylar), hunarmandchilik buyumlari (sopol idishlar, qurol- yarog‘,
zeb-ziynatlar), kiyim-kechak va hayvonlar terisi bilan to‘lashgan.
Doro I va uning vorisi Kserks hukmronligi
davrida bosib olingan
viloyatlardagi O‘rta O siyo xalqlari yunon-fors urushlarida ham
qatnashganlar. Mashhur Marafon jangida (mil. avv. 490-yil) fors
qo‘shinlari markazida bo‘lgan saklar muvaffaqiyatli urushgan.
Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan
o‘rtaosiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini mufassal tasvirlagan.
Baqtriyaliklar
kamon va nayzalar bilan, saklar xanjar va jangovar
boltalar bilan, xorazmiylar va so‘g‘diylar baqtriyaliklarniki kabi
qurol-aslahalari bilan jangga kirishgan. Sak va
baqtriya
suvoriylari Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi
jangchilardan hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: