Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

 
 
12-BILET  
1. Qang‘ davlati haqida ma’lumot bering.
Xitoy manbalaridan bu davlatning 
Qang‘yuy 
deb atalgani ma’lum. 
Mil. 
avv. 
III 
asrda 
unga 
saklarasos 
solishgan. 
Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida miloddan 
avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa – Qang‘xa shahar-qal’asi 
saklarning o‘sha kezlardagi poytaxti 
Qang‘dez 
bo‘lgan. Xitoy 
manbalarida bu shahar 
Bityan 
deb atalgan. Qang‘ davlatining 
asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan. Miloddan 
avvalgi II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. 
U ning hu kmdorlari o‘z nomidan tangalar zarb qildir ganlar. Qang‘ 
davlatida istehkomlar, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik 
mahallalari barpo etilgan. Davlatning madaniy markazlaridan biri 
Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroat chilik va 
hunarmandchilik madaniyati v ujudga kelgan. Uning hududidan 
Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi davlat 
iqtisodining 
gullab-yashna shi ga imkon yaratdi. Lekin ayni shu hol 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
ko‘chmanchi qabilalar bilan u rushlarning kelib chiqishiga sabab 
bo‘ldi. Bu urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday 
atashgan) ko‘pincha g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘ 
davlati parchalanib 
ketdi.
 
2. Misrliklarning mashg‘ulotlari haqida ma’lumot bering.
Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo‘l oqqan yillarda 
misrlik dehqonlarning hosili ham barakali bo‘lgan. Misrlik 
dehqonlar bug‘doy va arpa, shuningdek, poliz ekinlarini ekishgan, 
yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to‘qishgan. Nil vodiysida 
uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, 
bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi. Qadimgi 
zamonda yerga omoch bilan ishlov berib, urug‘ qo‘lda sepilgach, 
urug‘likni yerga singdirish uchun qoramollarni daladan haydab 
o‘tishgan. Mehnat 
qurollari takomillashishi bilan ziroatchilar omoch va hayvonlar 
kuchidan foydalana boshlashdi. Misrliklar sigir, qo‘y-echki, 
cho‘chqalarni boqishgan. Ziroatchilar ho‘kizlardan dala ishlarida 
foydalanishgan. 
Misr dehqonlari yerga urug‘ sochish va hosilni yig‘ishtirib olish 
ishlarini g‘ayriodatiy muddatda o‘tkazishgan. Iyul-sentabr oylarida 
ular dam olishar va urug‘likni ekishga hozirlashardi. Negaki, bu 
mahalda barcha dalalarni suv bosardi. Kuzda dalalarga urug‘ 
ekilgan. Qishda esa 
hosil yig‘im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o‘roqlar bilan 
o‘rib olib, so‘ngra maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki arpa 
bog‘lamlari 
ustidan 
hayvonlarni haydab o‘tib, hosilni yanchishgan. 
Xirmonjoydan chiqqan don spool xumlarda saqlangan. Bu tadbir 
donni son- sanoqsiz kemiruvchilar – zararkunandalardan omon 
saqlardi. 
 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin