Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

 
13-BILET  
1. Yunon-Baqtriya davlati.
Mil. avv. 250-yilda 
Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib 
chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, mingta 
Baqtriya shahri hukmdori bo‘lmish 
Diodot 
o‘zini podsho deb e’lon 
qiladi. Shu voqeadan boshlab Yunon-Baqtriya davlati tarixi 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
boshlanadi. 
Mil. avv. 250-yilda 
Salavkiylar davlati tarkibidan 
ajralib chiqqan Parfi ya Baqtriyaning 
raqibiga 
aylanadi. 
Baqtriyadan 
tashqari, 
Yunon-Baqtriya 
podsholigi 
tarkibiga So‘g‘diyona va Marg‘iyona ham kirgan. Diodotdan keyin 
Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz 
qoldirmagan 
Yevtidem
ga o‘tadi. Yevtidemning o‘g‘li 
Demetriy 
hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya 
podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo‘ldi. Hindistonning bir 
qismi bu davlatga qo‘shib olindi. Parfi yada hokimiyat 
Mitridat I 
qo‘liga o‘tishi 
bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya 
davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo‘ladiki, bu hol 
uning kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan 
ko‘chmanchi 
yuechji 
qabilalari 
mil. avv. 140 –130-yillar 
oralig‘ida 
Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. 
 
2. Olimpiya o‘yinlarining vujudga kelishi va o‘tkazilish tarixi.
Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg‘ulot bo‘lgan edi. 
Mil. 
avv. 
776-yilda 
ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Ana shu sanadan 
boshlab har to‘rt yilda bir marta Olimp tog‘ida muqaddas olov 
Quyosh 
nurlaridan yondirilib, Yunonistonning to‘rt tarafi dan kelgan 
sportchilar beshkurashda bellashar edi Beshkurash esa uzunlikka 
sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan 
iborat bo‘lgan. Otchoparda aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar 
edi. Odam lar 
va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun 
o‘yinlar 
o‘tkazilayotgan 
paytda 
urushlar 
to‘xtatilgan.Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari Olimp xudosi 
Zevs 
sharafi ga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Afsonalarga ko‘ra, Olimpiya 
o‘yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o‘yinlarida faqat 
jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog‘ tushirmagan ozod yunon 
ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. Musobaqalarda uch karra g‘alaba 
qozongan sportchi Olimp tog‘ida o‘z haykalini o‘rnattirishga haqli 
bo‘lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o‘yinlariga qarab 
yuritganlar.
G‘oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan 


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
gulchambar bilan taqdirlanganlar. Xristian dini tarqalishi natijasida 
xudo Zevs 
sharafi ga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin