MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
va
Doro
I davom ettirdi. Kambiz II Misrni zabt etish orqali Fors
davlati hududini nihoyatda kengaytirdi.
2. Yunonistonning qulashi haqida ma’lumot bering.
Yunoniston shaharlari birbirlari bilan urushayotgan paytda
Makedoniya podshosi
Filipp II
Yunonistonni bosib olishni
ko‘zlaydi. Uning qo‘shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil
topgandi. Piyoda qo‘shinlar 16 qatordan iborat
falangada
safl
anardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi
jangchini muhofaza etardi. Jang paytida butun falanga zirhlangan
temir maxluqotga o‘xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar
himoya qilardilar. Filipp II Yunonistonga qarshi harbiy yurish
qilishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Mashhur notiq
Demosfen
Ellada
shaharlarini kezib,
ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga
da’vat etadi. Fiva va ayrim boshqa shaharlar aholisi Filipp II
qo‘shinlariga qarshi Afi na ittifoqiga qo‘shiladi.
Mil. avv. 338-
yilda
yunonlar
va makedonlarning asosiy kuchlari
Beotiyadagi
Xeroniya
shahri
yaqinida to‘qnashadilar. Qattiq jang uzoq davom etadi. Harbiy
hiyla
qo‘llagan yunonlar ustunlikni qo‘lga oladilar. Makedonlar chekina
boshlaydilar. G‘alaba qilayotganigan ishona boshlagan yunonlar
ular ni
quvishga tushadilar. Yunonlarning qo‘shinlari shunda ikki bo‘lakka
ajraladi. Ana shu bo‘laklardan biriga Filipp II ning o‘g‘li
Aleksandr
qo‘mondonlik qilayotgan suvoriy qo‘shinlar qaqshatqich zarba
beradi. Yunon qo‘shinlari chekina boshlaydi va tor-mor etiladi.
Jangda yunonlarning aksariyati halok bo‘ldi. Xeroniya ostonasidagi
jangdan so‘ng mag‘lubiyat oqibatida
Yunoniston Makedoniyaga qaram bo‘lib qoldi.
«Yunonlar ozodligi
Xeroniya
ostonasida halok bo‘lganlar bilan birgalikda dafn qilindi»
, degan
edi Demosfen.
Bu mag‘lubiyatdan keyin Yunoniston
aholisi o‘z
qismatini qo‘rquv bilan kutib turishdi.
Biroq Filipp II o‘zini
yunonlar podshosi deb
e’lon qilmaydi. Filipp II yunonlar bilan birlashib, forslarga qarshi
ittifoq tuzadi.
Dostları ilə paylaş: