Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

 
 
25-BILET  
1. Elam davlati.
Mil. avv. 3-ming yillikda 
Eronning janubi-g’arbiy qismida 
Elam davlati 
vujudga keldi. Bu davlatning 
poytaxti 
Suza 
shahri bo‘lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri 
yaratilgan. Kaspiy dengizidan janubi-g‘arbda joylashgan 
Midiyada 
qabilalar 
ittifoqlari vujudga keldi. 
Mil. avv. VII asrda 
podsho 
Kiaksar 
hukmronligi 
davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Midiya davlati Bobil bilan ittifoq 
bo‘lib Ossuriyani bosib oladi. Eronning janubida, Fors 
ko‘rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati – qadimgi forslar
o‘rnashgan o‘lkajoylash gan. 
 
2. Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa tomon istilochilik yurishlari haqida 
ma’lumot bering.
Aleksandr 
miloddan avvalgi 336-yilda 
Makedoniya podshosi bo‘ladi. Shu yili 
u 20 yoshga to‘lgan edi. 
Makedoniyalik Aleksandr 
g‘ayrioddiy kuch-g‘ayrat va 
jasurlik sohibi bo‘lgan. Safdoshlari va qo‘shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. 
Mil. avv. 334-yilda 
u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. 
Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, 
Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik 
Aleksandr ulkan hududda o‘z hukmronligini mustahkamlash maqsadida bosib 
olingan 
shaharlarga 
yunonlarni 
joylashtirdi. 
Mil. 
avv. 
330-yilda 
Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar 
sulolasidan bo‘lgan oxirgi shoh 
Doro III ning 
qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. U 
Hindistonga yurish qilishdan oldin qo‘shinlarining 
orqa tomonini xavfsizlantirish maqsadida Amudar yoning narigi tomonida 
yashovchi elatlarni bo‘ysundirishga qaror qildi. Birinchi bo‘lib uning yo‘lini 
to‘sgan shahar Baqtriya poytaxti 
Baqtra 
(Zariasp) bo‘ldi. 
Bu vaqtda ahamoniylar sulolasining vakili 
Bess 
Baqtriyaning satrapi bo‘lgan. 
U Baqtra shahrini dushmanga qoldirib, Amudaryoning narigi tarafi ga qochib 
ketadi. Makedoniyalik Aleksandr o‘z ustozi, qadimgi yunon faylasufi 
Aristotelning Amudaryodan ikki podsho – Kir II va Doro I kechib o‘tgani, 
ikkalasi ham mag‘lubiyatga uchragani, shu bois u yurishga 
yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi to‘g‘risidagi maslahatini yodda tutar edi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin