MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
Maroqandani egalladi. Aleksandr qo’shinlarning bir qismini shu yerda qoldirib,
o‘zi
Kurushkat
(Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan
Sirdaryo qirg‘oqlari sari yurdi. Rivoyatga ko‘ra, bu shaharga fors shohi Kir II
asos solgan ekan. So‘g‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga chiqadi.
Tez orada so‘g‘diylarga
baqtriyaliklar va saklar qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga iste’dodli tashkilotchi va
harbiy yo‘lboshchi
Spitaman
boshchilik qiladi. Ancha qo‘shin to‘plagan
Spitamаn Maroqandani qamal qildi. Aleksandr qamalda
qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo‘shin jo‘natadi.
Qadimda «
Politimet
» deb atalgan Zarafshon daryosi bo‘yida makedonlarga
pistirma qo‘ygan Spitaman dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi.
Shunda Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning
katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitaman qamalni
to‘xtatadi va o‘z qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi. Saklarga qarshi kurash
uchun Aleksandr Sirdaryo bo‘yida, Xo‘jand yaqinida qal’a barpo etish
to‘g‘risida buyruq beradi. Bu qal’a
Aleksandriya Esxata
(Chekka
Aleksandriya) deb ataldi. Aleksandr Maroqandada maxsus harbiy qo‘shin
qoldirib, asosiy qo‘shinlari bilan qishlash
uchun
Zariasp
(Baqtra)ga jo‘nadi. O‘sha yilning bahorida Aleksandr
qo’zg’olonni bostirish chorasini ko‘radi. O‘z lashkarlarini uch qismga
bo‘lib, So‘g‘diyonani u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va
tinch aholini qirib tashlaydi.
Dostları ilə paylaş: