MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan.
Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki,
Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchilariga asir olingan kishilarni bo‘lib
berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda
saqlashni topshirgan. Aleksandr Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon
ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni)
va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta
qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach,
qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon
qo‘shin tortgan (qarang Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-
mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht
chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch
aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor,
bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa
(Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi
Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi.
Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan
qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi,
ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi
(qarang So‘g‘d qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar).
2. Yunonlarning dengizdagi sayohatlari haqida ma’lumot bering.
Qadimgi Yunoniston — Bolqon ya.o.ning jan., Egey dengizidagi orollar,
Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan
qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi.
Tarixi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yu. hududida odamlar paleolit
davridan yashab kelmoqda. Xalkidika ya.o.dan neandertal odamining bosh
suyagi chiqqan. Neolit davrida Yu. aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan
shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yu.ning jez davri madaniyati shartli
ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan
Dostları ilə paylaş: