Mbaza. Uz barcha fanlardan imtihon javoblar va savollari



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175283
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
6 sinf tarix 2021 imtihon javoblari

 
27-BILET  
1. Yangi Bobil podsholigi.
Navuxodonosor 
II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o‘z 
ravnaqining cho‘qqisiga erishadi. Bu hukmdor Misrni 
Yangi Bobil 
podsholigiga qo‘shib oladi, 
Iyerusalim 
(Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, 
Bobilni esa mustahkam qal’aga aylantiradi. Navuxodonosor II turar joy 
binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘ishtdan foydalanish 
to‘g‘risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining 
sakkizta darvozasi bo‘lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xudolaridan 
birining nomi bilan atalgan. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va 
nafi s bo‘lib, afsonaviy hayvonlar tasviri tushirilgan koshin toshtaxtachalar 
bilan bezatilgan. Qadimgi forslar lashkari 
mil. avv. 539-yilda 
Bobilga bos tirib 
kiradi va shaharni zabt etadi. Shu paytdan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors 
davlati tarkibiga kiradi. 
 
2. Spartak qo‘zg‘oloni haqida ma’lumot bering.


MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
 
Mil. avv. 74-yilda 
boshlangan 
Spartak 
boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni 
qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo‘zg‘olonlardan biri bo’ldi. Rim 
armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun Kapuya shahridagi 
gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak qullarni 
qo‘zg‘olon ko‘tarishga undadi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar 
yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga 
hujum qiladilar va qochib chiqib ketadilar. Ular 
Vezuviy 
tog‘idagi qoyaga 
chiqib oladilar. Asta-sekin boshqa qullar ham ularga kelib qo‘shila boshladi va 
qo‘zg‘olon ko‘targanlar safi kengaya bordi. Ko‘p o‘tmay ularning soni 10 
ming kishiga yetdi. Qo‘zg‘olon ko‘targan qullarni tor-mor etishga jo‘natilgan 
uch ming kishilik qo‘shin Vezuviy tog‘lari yaqinida harbiy lager tikladi. Qamal 
boshlandi. Spartak kutilmaganda 
dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to‘qib,
ko’rinmaydigan tarafdan cho‘qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar 
guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Ammo ko‘p 
o‘tmay qo‘zg‘olon ko‘targanlar orasida ixtilof paydo bo‘ldi. Qullarning bir 
qismi Rimni tark etib, o‘z yurtlariga qaytishni afzal 
bildilar. Ko‘pgina qullar esa mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor 
etishga va quldorlardan qasos olishga ahd qilishdi. Spartakka qarshi tajribali 
sarkarda Mark Krass boshchiligida ko‘p ming sonli qo‘shin 
jo‘natildi. Mil. avv. 71-yilning bahorida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda 
Spartak lashkari tormor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi. 6 
mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oralig‘idagi yo‘l bo‘ylaridagi xochlarga 
mixlab tashlandi. 
 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin