potentsiometrik, kumir (kontaktli),
tenzometrik
kabi datchiklar (fotorezistiv, termorezistiv) kiradi.
Bunday turdagi
datchiklarning ish printsipi nazorat kilinayotgan kattalikning ta’sirida uning aktiv
karshiligi uzgarilishiga asoslangan bo‘ladi.
•
Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik,
sarf va x.k.) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga (aylanish
chastotasi, bosim va x.k.)
o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi
sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, krыlchatkalar
va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar)
kirish
mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilar) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga
(kuchlanish, tok, karshilik, induktivlik va kabilar) uzgartirib berish uchun xizmat kiladi.
Elektromexanik uzgartirgichlar parametrik va generator uzgartirgichlarga (yeki
datchiklarga) bo‘linadi.
Parametrik datchiklarda chikish kursatkichini elektr zanjir kattaliklari (karshilik,
induktivlik,
uzaro induktivlik, elektr sigimi va kabilar) tashkil topadi. Bunday turdagi
datchiklarda elektr toki va kuchlanishi sifatida chikish signalini olish uchun ularni maxsus
elektr sxemalariga (kuprikli, differentsialli) ulash xamda alloxida energiya manbasiga ega
bo‘lishi kerak.
•
Generator datchiklarida bevosita sezgir
elementda kirish signali
x
chikish
signali
u
uzgartiriladi. Ushbu uzgartirish kirish signali energiyasi xisobiga bo‘ladi va
chikish signali EYuK kurinishida xosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘ladi,
chunki ular kushimcha energiya manbaisiz ulanadi.
Aniklik darajasi buyicha datchiklar 0,24; 0,4, 0,6; 1; 1,5; 2,5; 4 aniklik sinflariga
muvofik bo‘lishlari lozim. Ish printsipi buyicha
elektrik datchiklar rezistivli,
elektromagnitli, sigimli va taxometrik (generatorli) kurinishlarga ega bo‘ladi
Rezistiv datchiklar chizik va burchak xarakatlarni kuch va momentlar,
tebranish va
vibratsiyalar, xarakat va yoruglik kabi noelektrik kattaliklarni nazorat kilish va ulchash
jarayonlarida
kullaniladi