admin, 98-102 O’ZBEKISTON SSRDA XOTIN-QIZLAR MAORIFINING O’RGANILISHI
Jild: 03 | Nashr: 04 | април 2022 “BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org 99 O‘rta asrlarga oid ma‘lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta‘lim jarayonida xotin qizlar
ta‘limiga ham alohida e‘tibor berilgan.Yoinki, ularning hech bo‘lmaganda, boshlang‘ich
ta‘lim olishiga sharoit yaratib berilgan. Musulmon shariati qoidalariga ko‘ra, qizlar alohida
o‘qitilib, ularga asosan adabiyot, she‘riyat, tarix va qo‘shimcha ravishda axloq, pokizalik va
ruzg‘or tutish sirlari o‘rgatilib kelingan. Tarixiy tadqiqotlarda aniqlanishicha, xotin-
qizlardan oliy darajali mutaxassis tayyorlashga asoslangan oliy ilm dargohlari, ya‘ni, ayollar
madrasalari bo‘lmagan. Lekin ayolni yuksak darajada e‘zozlagan xalqimiz ularning oliy
darajada yoki cheklangan darajada bo‘lsada, bilim olishlari uchun uy sharoitida imkoniyat
yaratib bergan degan ilmiy haqiqat mavjud. Dilshodi Barno, Anbar Otin, Jahon otin kabi
olima ayollar faoliyati fikrimiz isbotidir. Sovet davri tarixshunosligi yoki xorijiy
tarixshunoslikda Turkistonda xotin – qizlar ta‘limi bo‘lmagan degan fikrlar sababli
o‘rganilayotgan muammo tarixchilardan yangi va shu bilan birgalikda, ilmiy xulosalarga
asoslangan tadqiqotlarni talab etadi.
Metodlar: mavzu yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar jarayonida tizimlashtirish, tahlil
etish, qiyosiy tahlil eetish usullari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, maorif tizimini
sulolalar ketma - ketligida o‘rganish, ularning manbaviy asoslarini tahlil etish, davriylik
nuqtai - nazaridan qiyoslash, tadqiqot yuzasidan aniq va ilmiylik darajasi yuqori bo‘lgan
xulosajar olish imkonini beradi. Mamlakatimizning o‘tmishida hukmronlik qilgan
sulolalarning ta‘lim islohotlari nima maqsadda o‘tkazilganligi, bu islohotlarda xotin – qizlar
ta‘limiga o‘rin ajratilgan yoki jarayon e‘tibordan chetda qolganligi va buning o‘ziga xos
sabablari xususida ma‘lumotlarga ega bo;lish imkonini beradi.