N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

o‘qish va yozish 
malakasi
harakatning o‘ylab o‘tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka 
o‘qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga 
yetkaziladi.
O‘qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‘lib, u nutqqa oid 
malakadir. O‘qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa 
turlari bilan, ya’ni og‘zaki hikoya qilish, o‘zgalar nutqini eshitish orqali anglash, 
ichki nutq bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi. Maktabda o‘qitishning 
muvaffaqiyati savod o‘rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. 


20 
O‘quvchini savod o‘rgatish jarayonida elementar o‘qish va yozishga 
o‘rgatishda o‘quvchilarning faoliyat ko‘rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari 
uchun talab bo‘lishi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat 
va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga 
oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga 
o‘rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq 
qildiriladi. Shunday ekan, savod o‘rgatish jarayonida bola juda ko‘p o‘qishi va 
yozishi zarur. O‘qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki 
bir matnni bir necha bor qayta o‘qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu 
ko‘pincha o‘qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda 
vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam 
beradi, qobiliyatni o‘stiradi. O‘quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan 
maqsad o‘qish va yozishni o‘rganish hamda hozirda bajarishi shart bo‘lgan 
kundalik maqsad topishmoqni o‘qish va javobini topish, so‘z va gaplarni o‘qish, 
rasm asosida so‘zlab berish kabilar turadi.
O‘zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush 
uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O‘qishda grafik 
shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga 
aylantiriladi. Bu o‘qish va yozish faoliyatida o‘quvchi uchun qiyinchilik 
tug‘dirgandek tuyulsa-da, aslida o‘qish va yozish jarayonini soddalashtiradi
chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko‘p emas. O‘qish va 
yozishni o‘zlashtirish uchun tovush va harflarning o‘zaro munosabatiga oid 
qoidalarni o‘zlashtirish kifoya. Savod o‘rgatish metodikasida o‘zbek tili 
tovushlar va harflar tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab 
etiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin