N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

 
 
 
O‘quv qo‘llanma Buxoro davlat universiteti Ilmiy kengashining 20__ 
yil ______ ___ yig’ilish bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etilgan 
 



Kirish 
Mamlakatimizda 
ta’lim 
sohasida 
olib 
borilayoygan 
yangilanish, 
modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g’inlari jumladan, 
oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni 
tayyorlash, ularda yangi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishni, o‘z ustida ishlash, 
zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini 
oshirishni taqozo etmoqda. Bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun 
talablari asosida tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani ham ustuvor 
vazifalarni bajarishda salmoqli o‘rinni egallaydi.
Zamonaviy ta’limda ta’lim 
muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va 
innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi 
zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan 
sanaladi. 
Mamlakatimizda 
pedagog 
kadrlarni 
tayyorlash 
jarayonini 
modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or xorijiy 
tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish sifatini 
takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
 
Bo‘lajak pedagog mutaxassislarni zamon talablari asosida aqliy, axloqiy, 
intellektual, estetik va jismoniy jihatdan komil inson sifatida tarbiyalash “Ona tili 
o‘qitish metodikasi” fanining ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur fan 
orqali bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchilar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, 
yosh avlodga yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga doir ilmiy-
nazariy, amaliy-metodik bilimlar, zarur ko‘nikma va malakalar hajmini, o‘qituvchi 
shaxsida namoyon bo‘lishi lozim bo‘lgan umumkasbiy va shaxsiy fazilatlarni 
muvaffaqiyatli egallashlari kerak. 
O‘quv qo‘llanmada ona tili o‘qitish metodikasining umumiy asoslari, 
darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida xorijiy ta’lim tizimida 
foydalanish, shuningdek boshlang’ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axbarot 
texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va interfaol usullardan 
foydalanishning yo‘l va usullari ko‘rsatib berilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin