5
1-MODUL. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH
METODIKASINING UMUMIY MASALALARI
1-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH
MЕTODIKASI FANINING PRЕDMЕTI VA VAZIFALARI
Tayanch so‘zlar:
dunyoni bilish, psixolingvistika, pеdagogika tarixi, til,
nutq, tafakkur, didaktika, lingvistika, lеksikologiya, pеdagogik psixologiya,
umumiy pеdagogika, fonеtika, morfologiya, orfoepiya, adabiyotshunoslik, til
matеriyasi, nutq organlari, til ma'nolari, tilga sеzgirlik, nutqning ifodaliligi,
og’zaki va yozma nutq, pеdagogik fan, savod o‘rgatish mеtodikasi, o‘qish
mеtodikasi, grammatik va imlo mеtodikasi, o‘quvchilar nutqini o‘stirish
mеtodikasi.
1.1. Ona tili o‘qitish mеtodikasining prеdmеti va vazifalari
Metodika –
muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, qat’iy
ketma-
ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq
rioya qilish. Metodika biror vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish,
o‘tkazish usullari, yo‘llari majmuasidir.
“Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liqlikda
qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari,
tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. Pedagog
olim A.M.Stolyarenkoning
fikricha, “O‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi
ma’lum bir pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog‘liq metod, metodik usullar,
vosita
va
tashkiliy
chora-tadbirlar
majmuidir”
1
.
G.M.Kodjaspirova,
A.Y.Kodjaspirovlarning fikricha, “O‘qitish metodikasi pedagogik faoliyatni
amalga oshirishning aniq usullari, uslublari va texnikasidir”
2
.
O‘qitish metodikasiga qo‘yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi:
1)
aniqlik;
1
Столяренко А.М. С81 Психология и педагогика: Учеб.пособие для вузов. — М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2004.
- 423 с. ISBN 5-238-00259-9
2
Коджаспирова Г. М., Коджаспиров А. Ю. Педагогический словарь. – Academia, 2005.
6
2)
asoslanganlik;
3)
rejalashtirilgan harakatning maqsad va vazifalarga mosligi;
4)
qayta ishlab chiqishga yo‘nalganlik;
5)
hayot bilan uyg‘unlik;
6) natijaviylik.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o‘qitish metodikasi o‘zida
quyidagilarni aks ettiradi:
- ta’limning maqsad va vazifalarini – ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi,
tashkiliy;
- ta’limning qonuniyat va tamoyillarini;
- ta’lim mazmunini;
- ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini;
- ta’limning umumiy va xususiy metodlarini;
- o‘quv vositalari;
- o‘qitish natijasini.
Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, quyida o‘qitish metodikasi
mohiyatini yoritib beruvchi asosiy tushunchalarga izoh berib o‘tamiz:
1) o‘rgatish – o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning
tartiblangan faoliyati;
2) o‘rganish – anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq-
atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni,
oldin egallanganlari
o‘zgaradi;
3) o‘qitish – qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan
talabalarning tartiblangan o‘zaro harakati;
4) ta’lim – o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar,
fikrlash usullari tizimi;
5) bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson
g‘oyalari yig‘indisi;
6) ko‘nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi,
o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash;
7
7) malaka – avtomatlashgan,
biror bir
usul
bilan bexato bajarish,
ko‘nikmaning takomillashgan darajasi;
8) maqsad – o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida
qay yo‘sinda safarbar etilishi;
9) mazmun –o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim,
amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi;
10) tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga
zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha
tartiblangan didaktik
jarayon;
11) shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati,
mantig‘i, mazmuni uchun qobiq;
12) metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish)
yo‘li;
13) vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi
materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar tomonidan
foydalaniladigan ob’ekt;
14) natija - o‘quv jarayonining so‘ngi mahsuli, belgilangan maqsadlarning
amalga oshganlik darajasi.
15) metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha
kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari
va amaliy ishlarni bajarish
tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda ushbu fan bo‘yicha
talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan
ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik
hajmli qo‘llanma.
Ona tili o‘qitish mеtodikasi-pеdagogik fan, amaliy fan. Chunki u
nazariyaga asoslanib o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash, o‘stirishning amaliy
vazifalarini bajaradi. Ona tili o‘qitish mеtodikasining prеdmеti ta'lim
berish
sharoitida ona tilini egallash, ya’ni putkni, o‘kish va yozishni, fonеtika,
grammatika kabilarni bilib olish jarayoni hisoblanadi .
8
Ona tilidan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, til haqidagi fanning
ilmiy tushunchalar sistlmasini o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganadi, til
o‘rganishning eng qulay mеtod va usullarini izlaydi .
Dostları ilə paylaş: