25
Hijo usulida o‘qishga o‘rgatishni 3 bosqichga bo‘lish mumkin:
1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (“harfiy metod”).
Bu
metodning mohiyati quyidagilardan iborat bo‘lgan: bir necha yildan beri
o‘qiyotgan bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga
bir necha kichik-kichik
surani og‘zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so‘zlarining ma’nosini
tushunmay, suralarni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin
vaqt o‘tgan. Shundan keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har
ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor
taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg‘iz shaklini
alifbo tartibida bandlarga bo‘lib yozib bergan.
Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini
alif, be, te, se
deb aytgan.
Bola domlaga ergashib takrorlagan,
ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni
yaxshilab o‘rganishni vazifa qilib topshirgan.
Bola birinchi bandni yodlab
olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va hok. Bolalar 28 harf nomini 5-6
oyda zo‘rg‘a bilib olganlar, ularning ko‘pchiligi
harflarning nomini yodlab
olsalar ham, qaysisi
be
(ﺏ),
qaysisi s
e
(ﺙ) ekanini ko‘rsatib bera olmaganlar.
Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab
qolishiga yordam berish
maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o‘ylab topganlar (ﺍ-uzunchoqqina
alif, ﺏ - bittagina
Dostları ilə paylaş: