N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi


O‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/184
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184
12674 2 AD219349D32AFE54436B77E736279BCAA4ED025B

O‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi.
O‘qish ham, 
yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi 
o‘quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. 
Kichik yoshdagi o‘quvchini 
o‘qish
ga o‘rgatishda quyidagilar kuzatiladi: 
1. Bola o‘qish paytida bitta harfni ko‘radi, uni bilish uchun rasmlarni ko‘z 
oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni 
aytishga oshiqadi, biroq o‘qituvchi aytishga yo‘l qo‘ymaydi, undan bo‘g‘inni 
aytishni talab qiladi. O‘quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan 
chiqib qoladi yoki ularni qo‘shib bo‘g‘in, bo‘g‘indan so‘z hosil qilguncha,
o‘qish jarayoni sustlashadi. 
2. Ko‘pincha bola o‘qiyotgan qatorni yo‘qotib qo‘yadi, harfni, bo‘g‘inni, 
so‘zni qayta o‘qishiga to‘g‘ri keladi. O‘quvchining diqqati kengaygan sari 
bo‘g‘in va so‘zni butunligicha idrok eta boshlaydi. 
3. O‘qishni endi o‘rganayotgan bola o‘qiyotgan matn mazmunini 
o‘zlashtirmaydi, chunki u so‘zni qanday o‘qishga ko‘p kuch beradi. Darslikdagi 
rasmlar, o‘qituvchining savollari, ko‘rgazmali qurollar ularning ongli 
o‘qishlarini ta’minlaydi. 
4. Tajribasiz kitobxon so‘zni birinchi bo‘g‘iniga yoki rasmga qarab topadi. 
Bu xato o‘qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so‘z 


24 
bo‘g‘inlab o‘qitiladi, so‘zni bo‘g‘in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf 
tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. 
O‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o‘quvchilarning idroki, xotirasi, 
tafakkuri va nutqini o‘stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o‘rgatishda 
fonematik eshitish qobiliyatlarini o‘stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz 
qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o‘rgatish, bo‘g‘in yoki so‘zdan o‘sha 
tovushni ajrata olish ko‘nikmasini o‘stirish muhim sanaladi. 
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu 
bois savod o‘rgatish davrida eshitish idrokini o‘stirish uchun ham maxsus xilma-
xil mashqlar o‘tkazib borish maqsadga muvofiqdir. 
Yozuv
jarayonida o‘quvchilar ruchkani to‘g‘ri ushlashni, daftarni to‘g‘ri 
qo‘yishni, 
harfni 
yozishda 
yozuv 
chiziqlari, 
ular 
bo‘ylab 
qo‘lni 
harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig‘ish-
sig‘masligini mo‘ljallashi lozim. Bu jarayon o‘quvchini aqliy va jismonan 
charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va elka muskullari charchaydi. Shuning 
uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jismoniy mashqlar o‘tkazilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Yozuv jarayonida o‘quvchi ruchkani qog‘oz ustida sekin, ishonchsizlik 
bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to‘xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan 
chiziqdan chiqib ketadi, noto‘g‘rilarini bo‘yab, to‘g‘rilaydi. Bunda u 
o‘qituvchiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qo‘li va boshi yozishda 
birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni o‘quvchilarning ongli harakat 
qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli bu jarayonga o‘qituvchi sabr-qanoat 
bilan katta e’tibor qaratishi juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan 
to‘g‘ri bo‘lishi savodxonlikning yuksak belgisidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin