gacha bo'lgan oraliqda o'lch ayd i. Parrakning aylanm a sonini hisoblash uchun elektr impulslar o'lchanadi. Vertushkadan elektr signallari komparatorga kirib, to'g'ri burchakli standart signallarga aylantiriladi va m a’lumotlar raqamlar shaklida tabloda ko'rsatiladi. 72
*
G idrom etrik vertushkalar uchun diametri 27 m m , uzunligi 3 m buralma mix bilan birlashtirilgan ikki qism li standart shtanga ishlatiladi. Shtanga yuzasi uzunligi bo'yicha har 10 santim etrda belgilangan. Shtangadan suvning oqish tezligi 1,5 m /s dan katta va chuqurligi 2 m dan oshganda foydalanish ancha qiyinchilik keltiradi. Shtangaga o'rnatilgan vertushka bilan ishlashning ikki usuli mavjud. 1. Suvning oqish tezligini o'lchaganda shtanga quyi qismi daryo tubiga tushiriladi, uning yuqori qismi esa ikki qo'llab ushlab turiladi. Vertushkani tegishli nuqtaga o'rnatish uchun shtanga suvdan chiqariladi. 2. Shtanga gidrometrik ko'prikka maxsus ushlagich yordamida m ahkam lanadi. Vertushkani kerakli nuqtaga o'rnatish uchun shtangani yuqoriga ko'tarib yoki pastga tushirib turiladi. A m aliyotda ko'proq birinchi usul qo'llaniladi. G idrom etrik vertushkani bir mavsum ishlatgandan so'ng, uni tekshirish uchun tegishli idoraga topshiriladi. Suvning oqish tezligi va parrakni bir son iya davom id agi aylan ish lari so n i o'rtasidagi b o g 'la n ish vertushkaning t a r i r o v k a s i deyiladi. H osil bo'lgan bog'lanish egri chiziqning m atem atik ifodasi tarirovka tenglam asi deyiladi. Suvning nuqtadagi tezligini topish uchun vertushka parragi- ning bir soniyada necha marta aylanishini hisoblab, tarirovka egri chizig'idan yoki tarirovka tenglam asidan foydalaniladi.