Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

175402

S.Karimov, A.Akbarov, U.Jonqobilov
GIDROLOGIYA,
GIDROMETRIYA
VA OQIM HAJMINI
ROSTLASH


Д й 1
3. KARIMOV, A. AKBAROV, U . JO NQ O BILO V
К i f
GIDROLOGIYA,
GIDROMETRIYA
VA
OQIM HAJMINI 
ROSTLASH
О 'zbekiston Respublikasi Oliy va
о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi oliy о ‘quv yurtlari
talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan
3Y NOfctiuAvji 
lO tfM M O M flW W AXBOROT 
*
«
o
z b e k
:
s t o n
»
n a s h r i y o t
-
m a t b a a
i j o d i y
u y i
T O S H K E N T — 2 0 0 4
a o lib 
i b d a n
n a v iy
G i d -
lash»
tiril-
jaligi
Iarn i
a h a -
n g an
k e n t
War,
n iy -
m i y
ayta
u si-
izui,
la n -
ihda
haj-
Itini
Irni
biri
pn g
d a
ish
3


26.22 
К 25
Taqrizchilar:
geografiya fanlari doktori 
F. Hik
dotsentlar M. Ibrogimov, 
M. Av
\
Karimov S ., Akbarov A., Jonqobilov
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajml 
o ' q u v y u r t l a r i t a l a b a l a r i u c h u n d a |
« 0 ‘zbekiston», 2004. — 232b.
Sabihulla Karimov, Asqar Akbarov
Ulug‘murod Jonqobilov
GIDROLOGIYA, GID RO M ETR IY .j
O Q IM H A JM IN I R O ST L A SH |
M uharrir: 
A. Hakimjonova 
Badiiy m u h arrir 
M. Kalilin 
T exnik m u h a rrir 
U. Kim 
M u sah h ih lar 
Sh. Maqsudova, N. U \
Bosishga ruxsat etildi 14.10.04. Bichim i 84* 108'/,,. Shan* 
13.03. B uyurtm a № 204. 1000 nusxa. Bahosi shari 
N ash r №
1—2004. 
«O 'zb ek isto n * N M l l i , 700129, T o sh k e n t, N avol
io e k is to #
•» 
«пмЩ
toM X b o ro t agentligining «01 
m atbaa 
700129. Navoiy ko‘chasi, 30 
Г
dahasi. M uro d o v .-fco -^ asi, I- uy. 2004. 
1
r 1805040700-73 
,
' M 3 5 1 (0 4 )2 0 0 4 X" IM
IS B N 5 — b 4 0 — 0 3 19 8 — 0
■' « 0 ‘Z B E K IS T


S O ‘Z B O SH I
Mustaqillik tufayli respublikamizning barcha jabhalarida olib 
lx)rilayotgan islohotlar qatori suv xo'jaligi sohasini h am tubdan 
qayta ko‘rib chiqishga alohida e ’tibor berilmoqda.
M azkur darslik ushbu fan bo'yicha tasdiqlangan nam unaviy 
Idastur asosida tayyorlangan bo'lib, «Umumiy gidrologiya», «Gid- 
rometriya», «Gidrologik hisoblashlar» va «Oqim hajmini rostlash» 
'qismlaridan iborat.
Darslikning asosiy maqsadi shu fanni o ‘rganishga yo‘naltiril- 
gan b o ‘lib, talabalar to m o n id a n gidrologik va suv xo'jaligi 
hisoblarining nazariy asoslari va usullarini o'rganish, ularni 
gidromeliorativ tizimlarni va gidrotexnika inshootlarni loyiha- 
lashda, qurishda va ulardan foydalanishda qo'llash, olingan 
m a ’lumotlarni tahlil qilish va baholashdir.
Darslikni tayyorlashda Moskva, S ankt-P eterburg, Toshkent 
va boshqa shaharlarda gidrologiyaga oid chop etilgan darslikJar, 
o ‘quv qo'llanm alar va gidrometeorologiya yo'nalishidagi ilmiy- 
ta d q iq o t in s titu tla rid a t a y y o rla n g a n m o n o g ra fiy a va ilmiy 
maqolalardan foydalanildi. Darslikka kiritilgan m a ’lumotlar qayta 
ishlanib, imkoniyat darajasida oMkamizning gidrologik xususi- 
yatlarini inobatga olishga harakat qilindi. 
t
Darslikning «Fan haqida m a ’lumotlar» qismida fan mavzui, 
uning vazifalari, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan bog'lan- 
ganligi, tadqiqot usullari va suv resurslaridan samarali foydalanishda 
va ularni muhofaza qilishda «Gidrologiya, gidrometriya va oqim haj­
mini rostlash» fanining ahamiyati bayon etildi.
Xaiq xo'jaligi taraqqiyotida daryo va soylarning ahamiyatini 
nazarda tutib, darslikning «U m um iy gidrologiya» qismida ularni 
o'rganishga e ’tibor berildi. Darslikning asosiy qismlaridan biri 
boMgan «Gidrologik hisoblashlar»da gidrologik elem entlarning 
hisobli m iq d o r l a r i n i a n iq la s h , yillik o q i m n i n g yil ichida 
taqsimlanishi va maksimal suv sarflarini gidrojnetrik kuzatish


ma’lumotlari mavjudligida, yetarli bo'lmaganda va umuman bo‘lma- 
gan hollarda hisoblash usullari bilan tanishtiriladi.
Daryo va kanallardagi suv miqdorini o'lchash, uni hisobga 
olish, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish, ularni muhofaza 
qilish davlat ahamiyatiga ega masala ekanligini e ’tiborga olib, 
darslikning «Gidrometriya» qismida daryo gidrometriyasi va 
«amaliy gidrometriya»ga bag'ishlangan mavzular keng yoritildi.
0 ‘lkamizdagi suv manbalarini vaqt va hudud bo'yicha notekis 
taqsim langanligi va dary o la rd a surunkali suv kam b o ‘lgan 
yillaming kuzatilishini e ’tiborga olganda, xalq xo'jaligining barcha 
sohalarini uzluksiz suv bilan t a ’m inlash u c h u n s u n ’iy suv 
havzalari — suv omborlari juda zarurdir. Shuni inobatga olib
«Oqim hajmini rostlash» qismida suv omborini loyihalashga 
taalluqli suv xo'jaligi hisoblashlari keltirilgan.
Mualliflarning T oshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini 
mexanizatsiyalash muhandislari institutida, Toshkent Davlat agrar 
universitetida va Qarshi Muhandislik iqtisodiyoti institutida ko ‘p 
yillar davomida olib borgan pedagogik faoliyatlarining natijalari 
darslikning yozilishiga asos b o ‘ldi.
Darslik bu sohadagi ilk tajriba ekanligini inobatga olganda, u 
ayrim kamchiliklardan xoli emasligi tabiiy. Shu sababli mualliflar 
kitob haqida bildirilgan barcha beg'araz fikr va mulohazalami qabul 
qilishga tayyor.



Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin