sersuvligi haqidagi m a ’lum otlar nihoyatda zarur edi. Bu davrda
gidrologlar t o m o n id a n bir q ator m u h im ishlar bajarildi. Bunga
1930-yildagi L.K. D avidovning «К ол еб ан и я в одон ости рек
С редней Азии» ilmiy ishi h am d a P. M. M ashukov va A.M .
O vchinnikov tadqiqotlari misol bo'ladi.
Bu ishlar m aksimal
suv sarflari va bir q ato r daryolar b o 'y ic h a o ‘rtac ha o ‘n kunlik
suv sarflari bashoratini tuzish im konini berdi.
1946— 1950-yillarda 0 ‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati
boshqarmasi gidrobashoratlar sektori to m o n id a n tog'larda qor
o'lchashda m a ’lum bir yo'n alish b o ‘yicha ish olib borilishiga
e ’tibor berildi. Bu borada Z. V. Joijio va P. M. Mashukov, so'ngra
M.A. Kosarev ta d q iq o tla ri asosida to g 'li jo y la rd a qo rn in g
taqsimlanishi o'rganildi. Shu maqsadda Ohangaron daryosi havzasida
Qizilcha stansiyasi barpo etildi. 1948-yildan boshlab gidrobasho
ratlar sektori tom onidan Sirdaryo va Am udaryo suvining muzla-
nish holatini samolyotdan turib o'rganish yo‘lga q o ‘yildi. Bu ishlar
boshida P.M. Mashukov va V.A. Arxipov turishdi. 1957-yilgacha
g i d r o l o g i y a n i n g k o 'p g i n a m a s a l a l a r i b i la n 0 ‘z b e k i s t o n
Gidrometeorologiya boshqarmasi bilan birga boshqa tashkilotlar
ham shug'ullanishdi. O'rta Osiyo gidrologlari daryo oqimi va tabiiy
omillar o'rtasidagi b o g ian ish n i belgilash bo'y icha
ishlarni rivoj-
lantirishda bosh bo'ldilar. 1932-yili Pomirga qilingan ilmiy tadqiqot
safarining gidrometrik guruhi boshlig'i I. A. Kireyev Zarafshon
daryosi havzasida olib borilgan tadqiqotlari natijasida daryo oqim
moduli va balandlik bo'yicha o'rtacha o'lchangan miqdor o'rtasidagi
bog'lanishni tuzdi va bu bilan gidrologiyada hisoblash usullari-
ning rivojlanishiga asos soldi.
Kireyevning tadqiqot usulini 0 ‘zbekiston F anlar akademi-
yasi qo'llab-quvvatladi. 1938— 1939-yillarda O'rta Osiyo daryolari
havzasining gipsografik tavsiflarini hisoblash ishlari boshlab
yuborildi. Keyinroq oqim tavsiflarini joy balandlifi bilan bog'lanishi
a s o s i d a
h i s o b l a s h
us ul i
O ' r t a
O s i y o
g i d r o l o g l a r i
O.P. Sheglova, N .M .
Bolshakov, Yu. M. Denisovlar tayyorlagan
ilmiy ishlarida o'zaksini topdi. Shular asosida 1967— 1970-
yillarda
suv resurslari bo'yicha m a ’lum otnom a qo'llanmalari tuzildi.
Daryo oqimi bilan tabiiy omillar o'rtasidagi bog'lanishni
belgilash bo'yicha ishlar V. L. Shulsga 1941-yildayoq birinchi
bor O 'rta Osiyo daryolari oqim moduli xaritasini tuzish imkonini
berdi. 0 ‘zbekiston FA gidrologiya bo'limi Shuls rahbarligida O'rta
Osiyo daryolarining to'yinish manbalarini belgilash bo'yicha katta
hajmdagi ishlarni bajardi. Z. V. Jorjio 1940-yili «С неговы е и
ледниковые паводки на реках Средней Азии» maqolasida O'rta
9
Osiyo daryolarining muzliklardagi m uz suvlari bilan to'yinishi
b o r-y o ‘g ‘i 10— 11% ekanligini ilmiy asoslagan edi.
O'lkamizdagi qorliklarni o'rganish borasida olib borilgan
tadqiqotlarda O'zbekiston FAning Inshootlar instituti gidrologlari,
shu jumladan V. L. Shuls va L. I. Shalatova katta hissa qo'shishgan.
1952-yili V. L. Shuls rahbarligida birinchi bor 0 ‘rta Osiyo daryolari
oqimini hisoblash bo'yicha ko'rsatmalar yaratildi^/Uzoq vaqtgacha
bu ko'rsatmalar loyihachilar uchun yagona qo'llanm a bo ‘lib xiz-
mat qildi. Shu institutning o ‘zida B. YE. Milkis rahbarligidagi suv
omborlari ustidan bo'ladigan bug'lanishni aniqlash bo'yicha ishlar
rivojlantirildi. Bu ishlaming barchasi V. L. Shuls boshchiligida olib
borildi. Uning tinimsiz mehnati tufayli 0 ‘rta Osiyoda gidrologlar
maktabi barpo bo'ldi va Toshkent Davlat
universitetida quruqlik
gidrologiyasi kafedrasi ochildi. Buning natijasida 0 ‘zbekistonda gid-
rolog mutaxassislari tayyorlandi, bu esa respublikada gidrologiya va
glyatsiologiya fanlarining rivojlanishiga imkon berdi.
1942-yili Rostovdan Ashxobod shahriga Gidrometeorologiya
texnikumi ko'chirildi, 1949-yili m azkur texnikum Toshkentga
joylashdi. Shunday qilib, O'zbekiston gidrolog mutaxassislar bilan
o'zini t a ’minlay boshladi.
0 ‘zbekistonda gidrologik tadqiqotlaming rivojlanishidagi yangi
bosqich 1957-yilda O'rta Osiyo ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya
instituti ( O 'O I T G M I ) tashkil etilishi bilan boshlandi.
O 'O I T G M I 1966-yilgacha O'zbekiston Gidrometeorologiya
Bosh b oshqarm asining faoliyati faqatgina tog'li hudu d n in g
gidrologiyasi bilan chegaralanib qolgandi. Am m o xalq xo'jaligining
y ildan-yilga o'sishi o 'lk a n i n g pasttekislik h u d u d lari bilan
shug'ullanishni talab qilardi. Shu m unosabat bilan 1966- yili
O 'O IT G M Ida sug'oriladigan m aydonlar suv balansini o'rganish
bo'y icha ilmiy safarlar o'tkazildi. 1966— 1969 va 1972- yillarda
paxta maydonlarining suv balansi o'rganildi. Bu ishlar Yu.M.
Denisov va A.I. Sergeyev to m o n id a n bajarilib, sug'oriladigan
m aydonlarda bo'ladigan bug'lanish va suv rejimi xususiyatlari-
ning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Shu yillari suv balansi
stansiyalari t a rm o g 'i tashkil etilib, shu ju m la d a n , Bo'zsuv
gidrometstansiyasida suv balansi ishlari boshlab yuborildi. Lekin
qayd etish kerakki, gidrometeorologiya xizmatidan ancha ilgari-
roq pasttekislik hududlari suv balansi bilan O'zbekiston
F anlar
akademiyasining Suv m uam m olari instituti, O 'rta Osiyo ilmiy-
tadqiqot irrigatsiya instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'ja-
ligini mexanizaesiyalashtirish muhandislari instituti shug'ulla-
nib, m uhim natijalarga erishdilar. Bu ishlarda S. Sh. Mirzayev,
10
В. YE. Milkis, F. E. Rubinova, М. I. G e tk e r va boshqalarning
xissasi katta.
Dostları ilə paylaş: