Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


-qism. FAN HAQIDA M A’LUM OTLAR



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

1-qism. FAN HAQIDA M A’LUM OTLAR
1.1. Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash
fanining mavzusi, uning boshqa fanlar bilan bogManishi
G id ro lo g iy a Yer t o ‘g ‘risidagi f a n la r tu rk u m ig a kiradi. 
«Gidrologiya»
y u noncha so‘z b o ‘lib, «gidro»—suv va «logos»— 
bilim yoki fan degan m a ’noni beradi. U m u m iy qilib aytganda, 
gidrologiya suv haqidagi fandir.
G i d r o l o g i y a — gidrosferadagi barcha suvlarni, y a ’ni 
okeanlar va dengizlarni, daryolar va ko'llarni, doimiy qorliklar 
va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suv omborlarini, iilarning 
joylashishini, xususiyatlarini ham da ularda s o d irb o ‘ladigan hodisa 
va jarayonlaming atmosfera, litosfera va biosferadagi boshqa hodi- 
salar bilan o ‘zaro aloqasini o'rganuvchi fandir.
0 ‘rganiladigan muammolari va tadqiqot usullariga qarab hamda 
suv resurslaridan foydalanish b o ‘yicha tarixan vujudga kelgan 
masalalarni hal etish bilan bog‘liq holda gidrologiyadan uning 
bir necha bo'limlari — gidrometriya, gidrografiya, gidrologik 
hisoblashlar, gidrologik bashoratlar, daryo oqim ini rostlash 
kabilar mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Shulardan gidrologik 
hisoblashlar va gidrologik bashoratlar fanlari b a ’zan um um iy 
nom bilan m u h a n d i s l i k g i d r o l o g i y a s i deb ataladi. 
Muhandislik gidrologiyasi suv obyektlarining turli gidrologik 
tavsiflarini hisoblash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqish 
bilan shug‘ullanadi. 
f
G i d r o m e t r i y a keng ko'lam dagi fan boMgan gidrologi- 
yaning amaliy qismidir. «Gidrometriya» ikki yunon so'z idan 
iborat b o ‘lib, «suvni o ‘lchash» demakdir. A m alda bu nom hing 
m a z m u n i g i d r o m e t r i y a n i n g b o 'l i m i d a n biri suv o 'l c h a s h
kuzatuvlariga tegishli b o ‘lib qoladi.
G id ro m e triy a gidrologiyaning o ‘lchov qismi b o ‘lib, suv 
obyektlarining gidrologik rejim elem e n tlari (suv sathi, suv 
harorati, suv sarfi, suvning oqish tezligi, suvning loyqaligi, 
suv yuzasi nishabligi va h.k.)ni oMchash, kuzatish uslublarini
5


ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan 
shug'ullanadi.
Shu bois gidrom etriyaning asosiy vazifalariga quyidagilar 
kiradi:
1. Suv manbalari rejimini tashkil etuvchilar miqdorini aniqlash 
va hisobga olish usullari va asboblarini ishlab chiqish.
2. Suv sathlari, suv sarflari, suv va oqiziqlar sarfi, suvning 
kim yoviy ta rk ib i, suvn in g h a r o r a t i , m u zlas h h o la tla ri va 
boshqalarning k o ‘p yillik miqdorlariga ega bo'lish uchun suv 
manbalari gidrologik rejimini m untazam o ‘rganish.
Gidrologik rejimni tadqiq qilish va o'rganish gidrotexnik 
qurilmalarni loyihalashda, qurish va ishlatishda zarur b o ‘lgan 
g id ro lo g ik va suv x o 'ja lig i h is o b la rin i b a ja r ish d a h a m d a
gidrologiyadagi ilmiy xulosalarni umumlashtirish uchun asos 
bo'lib xizmat qiladi.
Suv m an b ala rin i tad q iq qilishda m u q im va ilmiy safar 
usullaridan foydalaniladi.
G i d r o m e t r i y a q i s m id a suv m a n b a la r i re jim in i tash k il 
qiluvchilarni o'rganish uch u n gidrologik stansiyalar va kuzatish 
joylari tarmoqlarining tuzilishi va jihozlanishi, ularda kuzatuvlarni 
tashkil qilish usullari va asboblarini yaratish o'rganiladi.
G i d r o m e t r i y a , s u v n i n g h o l a t i n i o 'r g a n i s h i g a q a r a b ,
quyidagilarga bo'linadi:
1. Atmosfera suvlari gidrometriyasi—meteorologiyada o'rga- 
niladigan gidrometeorologiya.
2. Yer usti suvlari gidrometriyasi: a) okean va dengizlar 
gidrometriyasi, u amaliy okeanografiya deb ataladi; b) quruqlik 
suvlari (daryolar, ko'llar, suv omborlari) gidrometriyasi.
3. Yer osti suvlari gidrometriyasi.
Yuqorida qayd etilgan gidrometriya turlari bilan bir qatorda 
keyingi davrda sug'orish tizimlarining ekspluatatsiya qilinishi 
j a r a y o n i d a g i d r o m e t r i y a n i n g m u h i m s o h a s i — a m a l i y
g i d r o m e t r i y a rivoj topdi. Uning asosiy vazifalariga quyidagilar 
kiradi: 1). Kanal va suv om borlarida suvni hisobga olish; 2). 
Sug'orish muddatlari va m e ’yorlariga mos ravishda sug'orish 
tizimlarida suvning taqsimlanishi; 3). Sug'orish tizimlarida suv 
ifloslanishini o'rganish; 4). Kanallarda o'zan jarayonlari va loyqa 
bosishini o'rganish.
D a r y o o q i m i h a j m i n i г о s 
1
1 a s h — suvdan foyda- 
lanuvchilar talabiga k o'ra va suv toshqinlarining oldini olish 
maqsadida oqim hajmining vaqt oralig'ida qayta taqsimlanishidir.
6


Geografik m uhitning tashkil etuvchilaridan biri tabiiy suvlar 
(buloqlar, soylar, daryolar, ko'llar, muzliklar, yer osti suvlari) 
ayrim hududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri — suv zaxirasini 
hosil qiladi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shu suv zaxiralari- 
dan xalq xo'jaligining turli sohalarida keng koMamda foydalanish 
natijasida suvlarning holati, m iqdor va sifati b o'yicha bir qator 
o'zgarishlar r o ‘y berdi. Shu sababli suv zaxiralarini m iqdor va 
sifat jihatidan tejash va m uhofaza qilish, ularda sodir b o ‘lgan 
o ‘zgarish sabablarini o'rganish, suv m anbalarining o'zgargan 
g id ro lo g ik re jim in i o 'r g a n i s h m a s a la la rig a b a g 'i s h l a n g a n
gidrologiyaning yangi yo'nalishi — g i d r o e k o l o g i y a alohida 
fan sifatida tarkib topdi.
Gidrologiya, gidrom etriya va oqim hajm ini rostlash o ‘z 
m azm uniga muvofiq geologiya, iqlimshunoslik, meteorologiya, 
matematika, fizika, kimyo va boshqa ko'pgina fan sohalari bilan 
bog'langan.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin