Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


  Suv resurslaridan samarali foydalanishda va



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

1.4. 
Suv resurslaridan samarali foydalanishda va
ularni muhofaza qilishda gidrologiya, gidrometriya va oqim
hajmini rostlashning ahamiyati
Suv resurslaridan samarali foydalanish deganda, ularning 
xossa va miqdoriga putur yetkazmay m ukam m al foydalanish 
tushuniladi.
Suv resurslari xossalarining buzilishi va ifloslanishi, behuda 
sarflanishi va kamayib ketishini b artaraf qilishga yo'naltirilgan 
h u q u q iy , tashkiliy, tex n ik , ijtim oiy va iqtisodiy t a d b irla r 
majmuasi suv resurslarini m uhofaza qilish deb aytiladi.
O 'rta Osiyo hududida joylashgan Qozog'iston, Qirg‘iziston, 
Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston yosh mustaqil davlatlar 
Orol dengizi havzasiga kiruvchi suv m anbalaridan foydalanadi. 
Ularga, asosan, Amudaryo va Sirdaryo havzalari va kichik daryo 
havzalari kiradi. Ularning yillik um um iy suv resurslari 119 (shu 
jum ladan, Amudaryo havzasiniki 78, Sirdaryoniki 41) km 3ni 
tashkil qiladi.
Mavjud suv resurslari O 'rta Osiyodagi mustaqil davlatlar 
o'rtasida to'la bo'lingan. Bu miqdordan 60 foizga yaqini (yoki 71 
km 3) O'zbekiston Respublikasiga to 'g 'r i keladi. Respublikadagi 
4,25 mln. gektar sug'oriladigan yerlarga yiliga 60 kub.km.dan 
ko'proq suv sarflanadi. S hunday qilib, har bir gektar su g 'o ­
riladigan maydonga 14 m ing.m 3. suv beriladi.
Hozirgi paytga kelib O'zbekistondagi mavjud suv resurslari 
c h e g a ra la n g a n va m u h o faz ag a m u h to j. C h u n k i dary o suv 
havzalarining k o'p qismida suvlarning ifloslanganligi kuzatil- 
moqda. Suv resurslaridan samarali foydalanishning ikki yo'li 
mavjud. Ulardan birinchisi 0 ‘rta Osiyo hududiga tashqi o'lkalardan 
suv oqizib kelish bo'lsa, ikkinchisi mavjud suv resurslarini tejab, 
ulardan oqilona foydalanishdir.
Hozircha birinchi yo'nalishni hal qilish og'ir masala. Chunki 
birinchidan, mustaqil daviatlarning bunchalik katta sarfga hali 
imkoni yetishmaydi va ikkinchidan, bu davlatlararo kelishuvlarga 
bog'liq. Buni uzoq kelajakda bajariladigan ish deb qabul qilish 
kerak. Respublikamiz iqtisodining suvga bo'lgan talabi yaqin 
kelajakda faqat ichki suv manbalari hisobigagina to'ldirilishi 
m um kin. Buning uchun suv resurslaridan foydalanish faqatgina 
hozirgi kundagina emas, balki uzoq kelajakda ham o 'z samarasi-
l i


ni bersin. Bu vazifani bajarish u c h u n respublikada barcha 
imkoniyatlar mavjud, faqat ularni oqilona, bosqichm a-bosqich 
amalga oshirish kerak.
Suv resurslaridan samarali foylanish va ularni muhofaza qilishni 
o'rganish, avvalo gidrologik tadqiqot usullarini q o ‘llashdan 
boshlanadi.
Misol tariqasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahka- 
masi huzuridagi gidrometeorologiya bosh Boshqarmasidagi suv 
resurslarini k uza tish va ularni n a z o ra t qilish ishlari bilan 
tanishtiramiz.
Suv resurslaridan foydalanish va ularni m uhofaza qilishda 
gidrologiya va gidrom etriyaning ahamiyati quyidagilar bilan 
ifodalanadi:
1. Suv m anbalarining holati, xossalari, rejimi, miqdori va 
sifati o'rganiladi.
2. Kuzatilgan va o ‘lchangan m a ’lumotlar qayta ishlanadi, tahlil 
qilinadi. Bular asosida m a ’lu m o tn o m a, oynom a, yilnomalar 
tuziladi.
3. Gidrologiya va gidrometriya bo‘yicha to ‘plangan m a ’lumot­
lar respublika xalq x o ‘jaligining har turli sohalaridagi tegishli 
tashkilotlarga yetkaziladi.
4. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
bo'yicha chora-tadbirlar tegishli m as’ul tashkilotlar tom o n id a n
amalga oshiriladi.
Yuqorida qayd etilgan bandlarni bajarish b o'yicha tashkiliy 
ishlar bilan respublikadagi ko'pchilik vazirlik, boshqarm a va 
t a s h k i l o tl a r s h u g 'u l l a n a d i . U l a r n in g a y r im l a r i (m a s a la n , 
B o s h g id r o m e t) k o 'p r o q suv m a n b a la r i n i o 'r g a n i s h bilan 
shug'ullansa, boshqalari esa (masalan, Tabiatni m uhofaza qilish 
qo'm italari) suv manbalarini nazorat qiladi va ularni muhofaza 
qilish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni ko'radi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin