Shaxsga yo`naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o’z mohiyatiga ko’ra ta`lim
jarayonining barcha ishtirokchilarini tulaqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi.Bu esa
ta`limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas,
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib
chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bug’inlarini o’zaro
bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning
jarayonli
sifatlarini
shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o`quv
jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga
yo’naltirilgan ta`limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini
bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata
olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi va
ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda
birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob`ektiv
qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllantirish va
rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati
ta`minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi
kompyuter va axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo’llash.