Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
 
 


103
MONIY YOZUVI 
Melodiy 247 yili Bobilda Moniy boshchiligida yangi diniy 
oqimga asos solindi va o‘sha kezlardan boshlab Suriyaning 
Palmira shahrida qo‘llanilgan yozuv shakli asosida tuzilgan 
moniy yozuvi ham amal qila boshladi. Keyinchalik ushbu 
yozuv moniy dini bilan birga O‘rta va Markaziy Osiyoga ham 
kirib keldi. Ushbu tuproqda moniy xatini moniylikni qabul 
qilgan turk va sug‘d jamoalari qo‘llagan. VII asrga kelib, 
moniylik uyg‘ur xoqonlig‘ining davlat dini sifatida amal qilgan 
chog‘larda bu yozuv turklar orasida keng yoyildi. 
Odatda, turk-moniy jamoalarida diniy asarlar ko‘proq 
moniy xatida bitilar edi. Bizgacha moniy xatida bitilgan turkiy 
yodgorliklardan saqlanib qolgan. Turkiy matnlar ichida moniy 
diniy mazmunidagi she’rlar bor. Shuningdek, moniychilar 
tavbanomasi “Xuastuanift”ning ayrim qo‘lyozma nusxalari 
moniy xatida. Jumladan, asarning Britaniya Muzeyida 
saqlanayotgan 
nusxasi, 
Berlin 
fondida 
saqlanayotgan 
T.II.D.178; TM303(M153); TM183; M172; M443 raqamli 
uzindilar moniy alifbosidadir. 
 
SUG‘D YOZUVI 
 
U meloddan avvalgi III asrlarda oromiy xati negizida 
shakllangan bo‘lib, melodning XI asriga qadar sug‘dlarning 
milliy yozuvi sifatida amal qilgan. “Milliy sug‘d yozuvi”ni 
aslida sug‘dlar ishlatgan. Uzoq tarixiy birodarlik, qo‘shnichilik 
va birga yashash ta’sirida undan turklar ham foydalangan. 
Lekin “milliy sug‘d yozuvi”dagi turkiy bitiglar oz.
Kezi kelganda, sug‘d yozuvi madaniyati O‘rta va Markaziy 
Osiyo xalqlarining yozuv madaniyatiga ham ta’sir ko‘rsatgan 
edi. Uyg‘ur yozuvining negizi ham sug‘d yozuviga tutashadi. 
 


104
BRAHMA YOZUVI 
Brahma xati bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, qadimgi sanskritcha 
alifbo negizida shakllangan. Turon yurtiga buddizm ta’sirida 
kirib kelgan. Brahma xatini turk budda jamoalarigina qo‘lladi, 
qolganlar o‘z yozuvida qolaverdi. Shunisi borki, buddizmni 
qabul qilgan turklar o‘zining milliy yozuvidan ham kechgani 
yo‘q. Ular o‘z tillariga o‘girilgan budda asarlari uchun uyg‘ur 
yozuvidan ham foydalangan. Buning sababi, turkiy xalqlar 
uchun bo‘g‘in yozuvidan ko‘ra o‘zlarining fonetik alifbolarini 
qo‘llash qulay edi. Shuning uchun ham qadimgi turklar orasida 
brahma xati keng yoyilgan emas. Uning yodgorliklari ham 
shunga yarasha oz.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin