4
KIRISH
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r:
umumxalq tili, adabiy til,
og‘zaki til, yozma til,yozma yodgorliklar; yozma tilning
tarixiy
bosqichlari.
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r:
Og‘zaki va yozma tilning o‘tmishdagi atamalari.
O‘zbek tilining tarixiy bosqichlari. Til tarixini davrlashtirish.
Til tarixini o‘rganishning tayanch manbalari.
Turkiy tillar,
jumladan, o‘zbek tilining tarixi meloddan
burungi davrlarga ildiz otgan, uning tarixi qadimgi oltoy
davridan boshlanadi.
Tilning tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida so‘z
borganda
umumxalq tili
va
adabiy til
tushunchalari amal qiladi.
Bundan tashqari, jonli tilning
og‘zaki
va
yozma
ko‘rinishi
bor. O‘tmishda har ikkovining ham o‘z atamasi bo‘lgan. Yusuf
Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida
yozma til
ni
bitig
söz
deb atagan edi.
Qadimgi turkiy tilda
bitig
– “bitig, yozuv;
xat, kitob; yozma hujjat” anglamlariga ega. U “yozmoq,
bitmak” ma’nosidagi
biti-
fe’lidan yasalgan.
Bitig söz
atamasi
“bitilgan so‘z; kitobiy so‘z; matn”, tilshunoslik tushunchasi
bilan aytganda, “yozma til, adabiy til” ma’nosini beradi. Mana
o‘sha atamaning Yusuf Xos Hojib baytlaridagi misoli:
Balağat bilä xat teŋäšsä qalï,
E
i e
gü til bu bitig söz tili.
(Balog‘at bilan xat tenglashsa agar,
Yozma til juda ezgu til bo‘ladi) (QB.2655).
Fikrni yozma ko‘rinishda, ya’ni matnda ifodalash usuli
bitig söz yaŋï
deyilgan. Yusuf Xos Hojib yozma til fikrni
ifodalashning eng yaxshi yo‘lidir, deya ta’kidlaydi:
Nekü ter ešitkil İlä sir teŋi,
E
i e
gü yaŋ bu bitig söz yaŋï.
5
(Ila-sir tengi [ya’ni
yoshi Ila daryosiday uzun, ko‘pni
ko‘rgan donishmand] bu to‘g‘rida nima degan, eshitgil:
Yozma til usuli juda yaxshi usuldir) (QB.2656).
“Og‘zaki til”ni Yusuf Xos Hojib
tilin söz
deb atagan. O‘sha
atamaning misoli:
Yoq ersä bitig bu kišilär ara,
Tilin sözkä kim bütgäy erdi kör-ä.
(Bu kishilar orasida yozuv yo‘q ersa,
Og‘zaki so‘zga kim ham ishongan bo‘lar edi, ko‘rgin)
(QB.2660).
Adib Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatu-l-haqoyiq”
asarida
ağïz til
degan atamani qo‘llagan. Bu atamadagi ağïz –
“og‘zaki” degani,
ağïz til
esa “og‘zaki til”, ya’ni “nutq” degan
ma’noni anglatadi. Demak, bu atama ostida “kishining nutqi”
ko‘zda tutiladi. Mana o‘sha misol:
Ağïz til bezägi koni söz turur,
Köni sözlä sözni, tiliŋni bezä. –
(Nutqning bezagi to‘g‘ri so‘z turur,
To‘g‘ri so‘zla so‘zni, tilingni (nutqingni) beza) (AH.155–
156).
Muhimi shundaki, umumxalq tilining ham, adabiy tilning
ham o‘z tarixi bor.
Jumladan, o‘zbek umumxalq tilining tarixi
oltoy davridan boshlanadi. Yozma adabiy tilning tarixi esa
turkiy matn tuzish an’anasining boshlanishi, yozma til
o‘lchovlarining yuzaga kelishi va ularning qat’iylashuvi
bilan
bog‘liq. Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiy tilining tarixi yozma
yodgorliklari ma’lum bo‘lgan qadimgi turk davridan (Birinchi
va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida yaratilgan bitiglar tilidan)
boshlanadi. Turkiy xalqlarning bulardan-da eski, hatto
meloddan burungi davrlarga tegishli
yozuv yodgorliklari ham
topilgan. Biroq ular yirik matnlar emas, turli buyumlar sirtidagi
bir-ikki so‘z va yo qisqa jumlali yozuvlardir. Ular yozma til
tarixini o‘rganish uchun ozlik qiladi. Shuning uchun, hozircha,
adabiy til tarixini turklarda yozuv madaniyati yuksalgan,
6
savodxonlik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘k turk xoqonliqlari
davridan boshlaganimiz ma’qul.
Dostları ilə paylaş: