19
Adib Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatu-l-haqoyiq” asari
to‘g‘risida so‘z yuritib, uning
turkiy tilda ekanligini
ta’kidlaydi. Uning keltirgan bayti:
Anïn uš čïqardïm bu türkî
kitāp
(Shuningdek, bu turkiy kitobni ijod qildim) (AH.473).
Asarning 1444 yili ko‘chirilgan samarqand qo‘lyozmasida
Amir Arslon tarxon masnaviysi dostonga ilova qilingan. Amir
Arslon masnaviysida qayd etilishicha, muallif bu kitobini
kašğar tili~kašğarî til
da yozgan:
Tamami erür kašğarî til bilä,
Ayïtmïš adib riqqat-i til bilä.
Ägär bilsä kašğar tilin har kiši
Bilür ol adibnïŋ nekim aymïšï.
((Kitob) koshg‘ar tili bilan yozib tugallandi,
Adib uni badiiy tilda ijod qildi.
Agar kim koshg‘ar tilini bilsa,
Adibning aytganlarini anglab yetadi) (AH.499–502).
Ushbu baytlardagi
kašğar
tili~kašğarî til
atamasi
qoraxoniylar markaziy o‘lkasidagi koshg‘ar (=qashqar)
lahjasi
(adabiy til) nazarda tutilgan deyish mumkin. Ushbu atama
Mahmud Koshg‘ariy qayd etgan
xoqoniya tili
ning o‘zidir.
Chunki devonda qashqarliklar “xoqoniya turkchasi” da
so‘zlashlari ta’kidlangan (MK.I. 66).
Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib,
Amir Arslon
tarxon ma’lumotlaridan qoraxoniylar davri turkiy adabiy tiliga
yetakchi dialektlar asos bo‘lib xizmat qilganligi ayon bo‘ladi.
Ushbu yozma adabiy til
turk tili, xoqoniya tili, bug‘raxon tili,
koshg‘ar tili
singari otlar bilan atalgan. XIII–XV
asrlarda
yuzaga kelib takomil topgan
“chig‘atoy tili”, “chig‘atoy
turkchasi”
ana shu adabiy tilning davomida turadi.
Bu kezlarda
čïğatay tili
atamasi
türkčä, türkî
atamalari
bilan yonma-yon qo‘llanilib, kitobiy adabiy tilni farqlash uchun
ham xizmat qila boshladi. Abulg‘oziyning “Shajara-yi
tarokima”da keltirgan quyidagi ma’lumotlari bunga dalildir.
Tarixchi yozadi:
Hamma uluğlar ham āddî kišilär tüšünsün
20
dep, men bu tarixnï türkî til bilän aytdïm. Türkîni ham andaq
aytup-men-kim, beš yašar oğlan tüšünür. Tüšüniš asan bolsun
dep men čïğatay türkîsidin, fārsîča va arabčadïn bir dāna ham
söz qošmadïm.
Bu o‘rinda
čïğatay türkîsi
deyilganda XV–XVI
asrlardagi kitobiy til ko‘zda tutilgan. Ushbu atama ham
qoraxoniylar davri manbalarida qo‘llangan “bug‘raxon tili”,
“xoqoniya tili”, “koshg‘ar tili” atamalari singari adabiy tilni
anglatadi. Temuriylar zamonida Mavoraunnahr va Xuroson
adabiy, madaniy muhitida shakllangan adabiy til (“chig‘atoy
turkiysi”) shu o‘lkadagina emas,
balki butun turk-musulmon
muhitining kitobiy adabiy tili darajasiga ko‘tarilgan edi.
Dostları ilə paylaş: