43
Qizig‘i, Shingqu Sheli tarjimalarini asarlarning asl
nusxalariga chog‘ishtirib ko‘rgan olimlar ularning xitoycha
matnlardan
so‘zma-so‘z
o‘girilmaganligini
ilg‘aganlar.
Ta’kidlash joizki, Shingqu Sheli
tarjimalarining qay birini
olmang, oddiy matnlar emas. Ular qadimgi turk yozma
adabiyotining sara asarlari qatorida. Tarjimonning kuchli bilim
egasi ekani, turkiy til imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalana
olgani,
qolaversa, uning shoir o‘tganidan belgi berib turadi
bari. Matnlarning til va uslubi hayratga soladi asarlarni
asliyatdan o‘qib, tushunib yetgan kishini.
Anglashiladiki,
tarjimon turk o‘quvchisiga budda g‘oyalarini chuqurroq
singdirish, matnlarni o‘qishli qilish maqsadida ayricha yo‘l
tutgan: u asarlarning asosiy mazmunini saqlagan holda, turklar
tasavvuriga to‘g‘ri keladigan tushunchalar bilan bergan.
Atamalar tizimi ham,
bayon uslubi ham, badiiy-tasviriy
vositalar ham – barisi shunga bo‘ysunadi. Shingqu Sheli
tudung ularni qayta ishlab, mustaqil asar darajasiga ko‘targan.
Shuning uchun ham turk-budda asarlarini
badiiy tarjimalar
sifatida emas, balki qadimgi turk adabiyotining o‘z namunalari
deb qaramog‘imiz maqsadga muvofiq. Tarjimachilik amaliyoti
tarixidagi ushbu metod prinsiplarini, qonun-qoidalarini chuqur
o‘rgangandan
keyingina, uning to‘g‘risida tugal, aniq-taniq
yechimga kelish mumkin.
Muhimi,
o‘sha
davr
tarjimonlari
matnga
ijodiy
yondashganlar. Bu ularning o‘ziga xos yutug‘i, qadimgi turk
adabiyoti va adabiy tiliga qo‘shgan katta ulushi edi.
Turkiy adabiy tilning rivoji, adabiy til me’yorlarini tartibga
solishda qadimgi turk adabiyotining
buyuk namoyandasi, XI
asrda yashab o‘tgan ulug‘ faylasuf Yusuf Xos Hojibning
xizmati katta. Uning “Qutadg‘u bilig” asari qadimgi turkiy
tildan eski turkiy tilga o‘tishda katta bir ko‘prik bo‘lib
xizmat
qildi; bu asari bilan adib yangi musulmon davri turk adabiy tili
me’yorlarini belgilab berdi.
44
“Qutadg‘u bilig”ning muqaddimasida shunday yozilgan:
Čin-u Mačin ’alimlarï qamuğï it(t)ifaq boldïlar-kim, Mašriq
vilayatïda, qamuğ Türkistän elindä Buğraxan tilinčä, türk
luğatïča bu kitaptin yaxšïraq hargiz kimersä tasnif qïlmay
turur. Bu kitap qayu ma padšahqa, qayu ma iqlimqa tegdi ersä,
ğayat uzluqïndin, uruqtïn nečä körklüglügindin ol ellärniŋ
hakimläri, ’alimlarï qabul qïlïp, tekmä biri bir türlüg at-laqap
urdïlar: činlïğlar “Adabbu-l-muluk” atadïlar; Mačin malikiniŋ
hukamalarï “Ayinu-l-mamlakat” tedilär; mašriqlïğlar “Zinatu-
n-umara” tep aydïlar; eranlïğlar “Šahnama-yi türki”
atamïšlar, ba’zilarï ma “Pandnama-yi muluk” temišlär;
Dostları ilə paylaş: