41
adibning oti ngitxLvJ
Yol(l)uğ tigin
ko‘rinishida yozilgan.
Otiga ngit
tigin
so‘zining qo‘shib aytilishi ham shundan,
tigin
–
qadimgi turkiy tilda “shahzoda” degani.
Turkiy adabiyot va turk tarixnavisligi o‘tmishida Yo‘llug‘
tiginning ikki asari dovrug‘ qozongan. Biri Bilga xoqonning
inisi, Yo‘llug‘ning amakisi Kul tigin sharafiga, ikkinchisi Bilga
xoqon
sharafiga bitilib, ularning qabrtoshiga yozdirilgan.
Bitiglar fanda yodgorlik atalgan kishilarning oti bilan
yuritiladi. Kul tigin bitigi 732 yili, Bilga xoqonga
bag‘ishlangani 735 yili tiklangan.
E’tiborlisi shundaki, Kul tigin kichig bitigining 1
–
11-
qatorlari Bilga xoqon bitigi muqaddimasining 1
–
7- qatorlarida,
Kul tigin ulug‘ bitigining 1
–
30- qatorlari Bilga xoqon ulug‘
bitigining 3
–
23- qatorlarida qaytalaydi.
Mashhur sarkarda Kul tiginga atalgan bitig Bilga
xoqonning buyrug‘i bo‘yicha
tiklangan, undagi matn ham
xoqon tilidan so‘zlanadi. Ehtimol, uni xoqonning o‘zi aytib
turib yozdirgan chiqar. Yozuvchi Yo‘llug‘ tigin otasining
so‘zlarini matnga tushirgan. Endi oradan uch yil o‘tib, Bilga
xoqon
vafot etgach, unga bag‘ishlangan bitigni ham Yo‘llug‘
tigin
yozdi.
Xoqonning
burungi
yodgorlikka bitilgan
murojaatini olib, bunisiga ham kiritdi. Biroq, keyingi
bitigdagisi burungi matnning so‘zma-so‘z qaytarig‘i emas,
balki yozuvchi tomonidan qayta ko‘rilgan, tahrir etilgan
variantidir. Matnning qolgan qismi o‘zicha davom etadi: Kul
tigin bitigida sarkardaning faoliyati yoritilgan bo‘lsa, Bilga
xoqon
bitigida xoqonning el erki, ulus farovonligi yo‘lida
ko‘rsatgan qahramonliklari bayon etilgan.
Bilga xoqon bitigning asosiy qismi xoqon tilidan, xotima
qismi va ilovalar esa muallif Yo‘llug‘ tigin tilidan keltirilgan.
Ushbu tarixiy asarlar o‘zining bayon uslubi, tili bilan badiiy
asar darajasida. Bitiglarda turk xoqon va sarkardalari milliy
qahramon
sifatida
ulug‘lanadi,
ularning
faoliyati,
qahramonliklari xalqqa ibrat qilib ko‘rsatiladi. Bitiglarda ular
42
turk
xalqining xalaskori, ulug‘ yo‘lboshchilar deya ta’rif
etilgan. Muallif turli badiiy vositalardan foydalanadi. Unda
og‘zaki va yozma adabiyotning sara an’analari umumlashgan.
Muhimi, adib bu ta’riflar bayonida turkiy tilning bor badiiy-
uslubiy imkoniyatlari, boyligini ishga solgan. Bu asarlarni
qadimgi turk adabiyoti va adabiy tilining eng ajoyib
namunalari deyish mumkin.
Qadimgi
turk
adabiy
tilining
rivoji,
adabiy
til
me’yorlarining turg‘un bir shaklga tushuvida tarjimonlarning
ham ulushi bor. Sharqiy
turklar orasida moniylik, buddizm,
nasroniylikning yoyilishi oqibatida sharq xalqlarining madaniy,
adabiy aloqalari kengaydi. Turkiy dunyoda buddashunoslar,
moniy
falsafasining
donishmandlari,
sharq
tillarining
bilimdonlari yetishib chiqdi. Bu jarayon tarjimachilikning
rivojiga keng yo‘l ochib berdi. Anatkak (sanskrit), tabg‘ach
(xitoy), eroniy tillardan qadimgi turkiyga diniy-falsafiy asarlar
tarjima qilindi.
Turk-budda muhitida yashab o‘tgan tarjimonlardan biri
yirik buddashunos, sanskrit va tohar tillarining bilimdoni
Dostları ilə paylaş: