45
körmäs bolğay, ammā bağāyat zîrak-u zakî va zāhid-u muttaqî
kiši ermiš. Haq subhānahu va ta’ālā agarči zāhir közin yapuq
yaratqandur, ammā köŋli közin bağāyat yaruq qïlğandur…
anïŋ tili türk alfāzï bilä mavā’iz-u nasāyihqa goyā ermiš, balki
aksar Türk ulusïda hikmat-u nuktalarï šāye’dur va nazm tarîqï
bilä aytur ermiš”
(NM.390–391).
Navoiy o‘rnak sifatida keltirgan
baytlar quyidagilar
(misolni Rossiya FA Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg
bo‘limida saqlanayotgan 97a qo‘lyozmadan keltiramiz – 98a-
bet):
Uluğlar ne bersä, yemäs-men demä,
İlik sun, ağïz ur, yemäsäŋ yamä.
Ikkinchi o‘rnak:
Tiliŋni tiyä tut, tišiŋ sïnmasun,
Bu turğan xalayiq seŋä külmäsün.
Uchinchi bayt mana bu:
Söŋäkkä iligdür, erängä bilig,
Biligsiz erän-ol iligsiz söŋäk.
Navoiy keltirgan birinchi va ikkinchi baytlar “Hibatu-l-
haqoyiq”dan olingan emas. Chamasi, Adib Ahmadning pand-
nasihat mazmunidagi boshqa bir asari bor: misol o‘shandan.
Navoiy o‘rnagidagi uchinchi bayt “Hibatu-l-haqoyiq”da o‘zga
bir ko‘rinishda. Adibning o‘z asarida baytning to‘rtlik
tarkibidagi o‘qilishi shunday:
Söŋäkkä yilig-teg erängä bilig,
Erän körki ’aql-ol, söŋäkniŋ yilig.
Biligsiz yiligsiz söŋäk-teg xalï,
Yiligsiz söŋäkkä sunulmaz elig (AH.89–92).
Temuriylar davri matnshunosligida matn tuzish prinsiplari,
qiyosiy matn yaratishning ilmiy asoslari tugal bir ko‘rinishda
ishlab chiqilgan edi. 1444 yili Samarqandda yirik davlat arbobi,
adabiyot va
ilm-fan homiysi, shoir Amir Arslon Xo‘ja Tarxon
buyrug‘i bilan Adib Ahmad Yugnakiy “Hibatu-l-haqoyiq”
dostonining tayanch matni tuzib chiqildi. Doston yakunida
46
keltirilgan Amir Arslon Xo‘ja Tarxonning she’rida bu xususda
shunday deyiladi:
Köp elni körür-biz Adib sözini
Bilä bilmägändin ular özini.
’Ayibqa qoyuptur xalayiq ara,
Ğalat ma’nilarnï ayïtmïš yana.
Sabab erdi bu iš bitidük kitab,
Keräk qïl ijabat, keräk qïl ’itab.
(Ma’nosi: Ko‘p kishilarni ko‘rarmiz-ki, adib so‘zini bilib-
bilmay, o‘zidan har turli gap qo‘shadilar.
G‘alati ma’nolar chiqarib,
xalq ichida uni aybga
qo‘ymoqdalar.
Shu sabab bo‘lib, ushbu kitobni tuzdik. Istasang qabul qil,
istamasang yo‘q) (AH.505–510).
Mazkur baytlardan o‘sha kezlar Adib Ahmadning mashhur
o‘gitlari
ba’zan
xato
talqinga
uchray
boshlaganligi
anglashiladi. Arslon Xo‘janing asarni qayta kitob holiga
keltirishdan maqsadi, xato talqinlarga chek qo‘yish, ularni
tuzatish
va asarning tayanch, ishonchli nusxasini yaratish edi.
Tayanch matn tuzilgach, keyingi nusxalari uning asosida
ko‘paytirilgan.
“Hibatu-l-haqoyiq”
(“Atabatu-l-haqoyiq”)ning
tayanch
matnini samarqandlik Zaynul Obidin baxshi tuzdi.
Navoiyga qadar yaratilgan turkiy adabiyot va adabiy
tilining
rivojida Mavlono Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy singari
shoirlarning xizmati katta. Alisher Navoiy o‘zining “Majolisu-
n-nafois” tazkirasida Mavlono Lutfiyni ehtirom bilan tilga
oladi,
Dostları ilə paylaş: