“Öz zamānasïnïŋ maliku-l-kalāmï erdi, fārsî va tütkîdä
nazirï yoq erdi, amā türkîdä šuhratï köpräk erdi”
deya baho
beradi.
“Mavlānānïŋ “Zafarnāma” tarjimasïda on mïŋ baytdïn
artuqraq masnavîsï bar, bayazğa yazmağan üčün, šuhrat
tutmadï”
deydi (Maj.56).
Navoiy “Majolisu-n-nafois”da Atoyi haqida yaxshi yozgan.
Uning
“İsmāil ata farzandlarïdïndïr”
deya ta’kidlashiga
47
qaraganda, shoir “ota”lar avlodidan ekani, taxallusining esa
ata
so‘zi bilan bog‘liqligi ayon bo‘ladi.
Navoiy uning ijodiga baho berib shunday bitadi:
Türkîgoy
erdi. Öz zamānïda še’r-i atrāk arasïda köp šuhrat tuttï. Bu
matla’ anïŋdur-kim
:
Ul sanam-kim suw qïrğağïnda pari-deg olturur,
Ğayati nāzuklügidin suw bilä yutsa bolur.
Qafiyasïda aybğïnasï bar. Amā Mavlānā köp türkāna aytur
erdi. Qafiya ihtiyatïğa muqayyad emäs erdi
(Maj.57).
“Mavlānā köp türkāna aytur erdi”
deganda Atoyining
she’rlari o‘ta samimiy, sodda ekanligiga ishora qilinmoqda.
Eski o‘zbek tilida
türk
so‘zining “sodda, samimiy” ma’nosi
ham bor,
köp türkāna
– “juda sodda” degani. Qiyoslang,
hozirgi o‘zb.:
türkana dāri
– sodda usulda, o‘t-giyohlardan
tayyorlangan dori.
Turkiy adabiy tilning rivojida Sulton Husayn Boyqaro
(Abulg‘oziy Sulton Husayn Bahodirxon)ning xizmatlarini
alohida ta’kidlamoq kerak. Husayn Boyqaro hukumdor va
ma’naviyat jonkuyari sifatida, turkiyning davlat tili darajasida
keng amal qiluvi va katta mavqega ko‘tariluvida, badiiy
adabiyot tili sifatida gullab-yashnashiga bor imkoniyatni
yaratib berdi.
Muhimi, Husayn Boyqaroning o‘zi ham turkiyda devon
bitdi. Uning ijodi xususida
“Ul hazratnïŋ xob aš’ārï va marğub
abyātï bağāyat köp-dür va divān ham murattab bolup-tur”
deb
yozgan edi Alisher Navoiy. U “Majolisu-n-nafois”ning
sakkizinchi majlisini (Maj.136–149) Husayn Boyqaro ijodiga
bag‘ishlagan. Tazkirada uning baytlarini tahlil etib, shoir
ijodiga yuksak baho beradi.
O‘zbek adabiy tili rivojida Zahiriddin Muhammad Bobur
(Zahiriddin Muhammad Bobur podshoh bin Mirzo Umarshayx
bin Sulton Abusaid Ko‘ragon bin sulton Muhammad bin
Amironshoh Mirzo bin Amir Temur Ko‘ragon)ning xizmatlari
benihoya ulug‘. U o‘tmishda ulug‘ hukumdor va sarkarda,
48
buyuk adib, mashhur tarixchi, adabiyotshunos va tilshunos,
ajoyib san’atlar egasi sifatida iz qoldirgan.
Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” tazkirasining
Chig‘atoy sultonlariga bag‘ishlangan bo‘limida Zahiriddin
Muhammad Boburni hurmat bilan yodga oladi (MA.51–54). U
yozadi: “Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r shijoatlisi
edi…... Bobur podshohning fazilatlari bisyor va kamolotlari
beshumordir. Aruz bo‘yicha yozgan risolasi bir dengizdir-kim,
ichi to‘la javohiru durdona, fiqh masalalarini dag‘i bir risolada
mubayyan qilgan-kim, yozg‘uvchisi donishmandligidin bir
nishona; turkiy va forsiyda yaxshi she’rlari bor. O‘shal fiqh
risolasining nomi “Mubayyan”dir”.
Tazkiranavis Bobur she’rlaridan o‘rnaklar beradi. Uning
Bobur baytlari orasida “G‘oyatda dilpazir va ajoyibu benazir
chiqqan matla’” deb baholagan bir bayti bu:
Ölüm uyqusïdïn boldum jihān fikridin āsuda,
Meni istäsäŋiz, ey dostlar, tapqaysïz uyquda.
“Ko‘p sudmand va va’zda aytish uchun dilpisand” deya
baholagan boshqa bir bayti:
Ne-kim taqdir bolsa, ul bolur, tahqiq bilgäy-sen,
Erür jaŋ-u jadal, ranj-u riyāzat – barča behuda (MA.53–54).
Mirza Muhammad Haydar o‘zining “Tarix-i Rashidiy”
asarida Bobur haqida shunday yozadi (misolni asarning XIX
asrda amalga oshirilgan turkiy tarjimasidan keltiramiz):
Bābur
pādšāh pādšāh-e edi-kim, anvā’ fazāil birlä ārasta-vu fasāil
hamida birlä parasita va hamma xislatdïn šijāat-u martabasï
ziyāda erdi. Amir ’Ališir Navāyîdïn heč kim anïŋ-deg türkî še’r
aytmağan erdi. Türkî divānï bar-dur-ki, nazākat-u latāfat va
dağï nazm masāilï bar-dur-kim, Mubayyan atlïğ risāla-dur.
Nihāyati mufid-u hamma xalqğa maqbul va yana türkî Risāla-i
aruz tasnif qïlïp-dur-ki, anïŋdïn ilgäri heč kim ’ilm-i aruznï
türkî ibāratï birlä bu nav’ latāfatlik adä qïlmağan-dur. Va yana
hazrat Ešānnïŋ atalarïnïŋ risālasïnï Risāla-i vālidiyya ta’zim
nazm qïlïp-dur.
49
Vaqāi’ atlïğ türk
î
tarix kitabï tasnif qïlïp-dur-ki, nihāyati
saläsatlig-u ibäratï pākiza ham-ki, yaqïn bu kitäbda ul tarixdïn
ba’zi rivāyatlar bayānğa kelgüsi-dür. Anïŋdïn ilgäri pādšāhlar
arasïda ’ilm-i musiq
î
va özgä anvā’ ’ilm-i fazl bayānïda
barābarï
kelmägän
bolğay
(TR.179).
Yuqoridagi
ma’lumotlardan anglashiladiki, Boburning “ilm-i musiqiy” va
“ilm-i
fazl”
sohasida
ham
boshqa
podishohlarda
uchramaydigan iste’dodi bo‘lgan.
Shoh va shoir o‘tganlardan yana biri Muhammad
Shayboniydir (Muhammad Shayboniy ibn Shoh Budog‘ bin
Abulxayrxon). U tarixda xon, hukumdorgina emas, shoir,
tilshunos sifatida ham iz qoldirgan. Hozirgi zamon kitoblarida
muallifning taxallusi Shayboniy, Shayboniyxon deb berilmoqda.
Biroq uning devonida shoir taxallusi ŠBANÎ, ŠBAN, ŠİBANÎ,
ŠİBAN deb yozilgan. Shunga ko‘ra uning taxallusini Shibaniy
yoki Shiboniy deb atagan ma’qul.
Mirza Muhammad Haydar qalamiga mansub “Tarixi
Rashidiy” asarining turkiy tarjimasida u Šāhibeg~Šāhibeg xan
deb tilga olingan.
Hasanxoja Nisoriy o‘zining “Muzakkiri ahbob” tazkirasida
Muhammad Shayboniyni shoir va olim, fozil kishi sifatida
hurmat bilan yodga olgan. U yozadi: “Sohibqiron xon ilmu
fazilatlardan xabardor, aniqrog‘i, ularni to‘la egallagan kishi
edi. She’riyat sohasi va shoirlarga e’tiqod-e’tibori katta
bo‘lgan. Mudom olimu fozillarni o‘ziga hamsuhbat qilgan.
Yaxshi she’rlari bor” (MA.20). Tazkiranavis shu o‘rinda uning
she’rlaridagi soddalik, kishilarga manzur bo‘larli tomonlarni
ko‘rsatish uchun quyidagi tuyuqni misol keltirgan:
Soğd ičidä oltururlar yabular,
Yabularnïŋ miŋän atï yabular.
Yabularnïŋ ilgidin el tïnmadï,
Ya bular bolsun bu yerda ya bular.
Adabiyot tarixida Sulton Saidxon (Sulton Saidxon ibn
Ahmadxon ibn Sulton Yunusxon ibn Sulton Uvaysxon ibn Sher
50
Alixon ibn Muhammadxon ibn Xizr Xojaxon ibn Tug‘luq
Temurxon) ham yaxshi iz qoldirgan. Bobur podshoh Sulton
Saidxonning xolavachchasi edi. Mirza Muhammad Haydar
o‘zining “Tarix-i Rashidiy” asarida Sulton Saidxonni ta’riflab,
“’İlmda allāma edi-ki, xāh fārsî, xāh türkî bolsun še’r
aytmaqda va inšā rastlamaqda benazir erdi. Xan majlislarda
še’rlarïnï-ki aytïp erdi”
deb yozgan (TR.147). Muarrix
shoirning o‘ziga ma’qul tushgan baytlaridan ham o‘rnaklar
keltirgan. Mana o‘sha baytlar:
Qaysï gulšannïŋ yüzüŋ-deg bir gul-i ranāsï bar,
Qaysï gulnïŋ bir meniŋ-deg bulbul-i šaydāsï bar.
Hur birlä jannatu-l ma’vanï köŋlüm näyläsün,
Yārnïŋ köyidä yüz mïŋ jannatu-l ma’vasï bar.
Yüz üzrä kākul-i zulfï parišān bolğusï,
Ey Said, āšufta köŋlümniŋ ajab savdāsï bar.
Šukrullah, hālatïm zāhir bolup-tur yārğa,
Emdi yār alïda özni körsätäy ixtiyārğa.
Sayr üčün kirsä gulstān ičrä ul sarvardan,
Banda bolsun sarv āzād ul qad raftārğa.
Ahd qïldïŋ-ki, vafā qïlğay-sen,
Yoq-ki, jānïmğa jafā qïlğay-sen.
Atma sen ğamza oqï birlä meni,
Qorqaman-ki, xatā qïlğay-sen.
Meŋä dersän-ki, vafā qïlğum-dur,
Elgä qïlğanča meŋä qïlğay-sen.
Xullas, turkiy yozma adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish-
da shoir va yozuvchilar, tarixchilar, tilshunoslarning hamda
tarjimonlarning xizmati katta bo‘ldi. Kotiblar esa matn
savodxonligini ta’minlab berganlar.
Dostları ilə paylaş: |