31
bitigi, Sulton Abu Saidning hijriy 873 yilning 22 rabiu-l-
avvalida (=melodiy 1468) Uzun Hasanga yuborgan bitigi,
Sulton Umarshayxning 1469 yili bitilgan yorliqlari turkiy tilda
va uyg‘ur xatidadir.
Temuriylar davri til vaziyati xususida Alisher Navoiy
muhim ma’lumotlarni berib o‘tgan.
Navoiy Sharqda turkiy
tilning obro‘ va mavqei to‘g‘risida alohida to‘xtalgan edi.
Uning ta’kidlashicha, tillarning barchasidan arab tili nafisligi
bilan
ajralgan
va
balog‘at
bezagi
bilan
mo‘’jiza
ko‘rsatuvchandir-ki, hech takallum ahlining bunda da’vosi
yo‘q, so‘zi sidq va ishi taslim bo‘lishdir. Malik-i olam jalla va
a’loning kalom-i mo‘’jiznizomi ul til bilan nozil. Rasul alayhi-s
salovati vas-salomning hadis-i saodat anjomi u lafz bilan vorid
bo‘libdir...
Bundan so‘ngra uch nav til borkim, asl va mo‘’tabardir. Va
ul tillarning har biri o‘z gapiruvchilarining so‘zlashuvlariga
mosdir va har qaysisining tarmoqlari bag‘oyat ko‘pdir. Ammo
turkiy, forsiy va hindiy asl tillarning chiqish o‘rnidir-ki, Nuh
payg‘ambar salavatullahi alayhining uch o‘g‘liga: Yofas, Som
va Homga tutashadi... Uch til-ki: turkiy, forsiy va hindiy bu
uchovining avlod va qaramlari orasida tarqaldi (ML.167–168).
Navoiyning yozishicha, turkning ulug‘idan kichigigacha,
navkaridan begigacha sart tilidan bahramanddirlar. Andoq-kim,
o‘z tirikchiligi xususida so‘zlasha olurlar. Ba’zi fasohat-u
balog‘at bilan ham takallum qilurlar. Hatto turk shoirlari forsiy
til bilan rangin she’rlar va shirin
guftor zohir qilurlar
(ML.169).
Navoiyning yozishicha, mamlakat arab xalifalari va
sultonlari qo‘lida ekan, falak ul kezda dibirg‘a arab tili bilan
jilva berdi. Andoq-ki, Hasson Sobitdek va Laqitdek maliku-l-
kalom suxanguzorlar va ma’ni yaratuvchi go‘zal so‘z egalari
paydo bo‘ldilar va o‘z tillarida she’r
adosining dodini
berdilar. Bu munosabat bilan arab podshohlaridan Ibrohim
Mahdiydek,
Ma’mun
xalifadek
va
bulardan
o‘zga
32
salotunzodalar,
she’rlardan
qasidalar
aytdilar,
foydalar
keltirdilar.
Dunyoning ba’zi iqlim va o‘lkasida sart (fors) podshohlari
mustaqil bo‘lgandan keyin forsigo‘y shoirlar paydo bo‘ldilar.
Qasidada Xoqoniy, Anvariy, Kamol Ismoil, Zahir va
Salmondek; masnaviyda ustod-i fan Firdavsiy, zamonining
nodiri shayx Nizomiy
va hind sehrgari Mir Xusravdek;
g‘azalda o‘z vaqtining yaratuvchisi Shayx Muslihiddin Sa’diy
va asrning yagonasi Xoja Hofiz Sheroziy kabilar yetishdi... Bu
munosabat bilan sart sultonlaridan ham sulton Tug‘ruldek va
shoh Shijodek yuqori qadrli podshohlar va baland martabali
yulduz sipohlar rangin baytlar, shirin g‘azallar aytdilar, o‘z va
o‘z zamonlarida mashhur bo‘ldilar va turmushlari varaqlarida
yozildi.
Mamlakat arab va sart sultonlaridan turk xonlariga
o‘tgandan so‘ng, Xulaguxon zamonidan sulton sohibqiron
Temur Kurgon zamonigacha turk tili bilan ijod qiluvchi ta’rifga
loyiq shoir paydo bo‘lmadi, varaqqa yozilguvchi asar zohir
bo‘lmadi. Sultonlardan ham qasida aytishga loyig‘i bo‘lmadi.
Ammo sulton sohibqiron Temur
Kurgon zamonidan farzandi
Shohruh sulton zamonining oxirigacha turk tilida yozuvchi
shoirlar paydo bo‘ldilar va ul xazratning avlodlaridan ham
xushta’b podshohlar paydo bo‘ldilar. Shoirlardan Sakkokiy,
Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy va
Gadoiy kabi. Lekin yuqorida
aytilgan forsiy shoirlarga
tenglashadigani paydo bo‘lmadi. Ularga yolg‘iz Mavlono
Lutfiy tenglasha oldi. U kishining tab ahli qoshida o‘qisa
bo‘ladigan bir necha ma’tlalari bor...
Podshohlar ichidan ham, sulton Boburdan boshqa hech
qaysisidan she’riy asar chiqmadi va varaq yuziga naqsh qilarli
biror narsa qolmadi... to bu vaqtgachaki... Abulg‘ozi Sulton
Husayn Bahodirxon... podshohlik taxtiga o‘tirgach... so‘z
ahlini yuqori darajaga ko‘tarish va rivojlantirish yuz berdi. Har
ilmda foydali asarlar, har fanda natijali yozishmalar yaratdilar,
33
qiziq kitoblar va ajoyib devon, g‘azal, qasida va masnaviy kabi
she’r turlari hamma yoqqa yoyildi. O‘zlari ham, garchi ham
forsiy, ham turki tilda aytmoqqa qodir bo‘lsalar-da,
ammo asl
tab’larining tortishi va shu tilning tarqalgan bo‘lishi
munosabati bilan turkiy tilda devon yaratishga mayl qildilar va
ko‘ngilga yoquvchi baytlar, tengi yo‘q g‘azallar tuzdilar
(ML.188–190).
Temuriylar saltanatining ayrim hududlarida ikki tillilik ham
amal qilgan. Buni biz Hirot adabiy muhitida ijod etgan
adabiyot ahllari asarlarida yaqqol kuzatishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: