Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Oltin O‘rda davlatida til vaziyati



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Oltin O‘rda davlatida til vaziyati.
XIII–XIV asrlarda 
mo‘g‘ulning o‘z ulusida rasmiy davlat tili mo‘g‘ulcha edi. 
Chingizxon davrida mo‘g‘ullar ilk bor o‘z davlatini qurdi, 
keyin bu davlat kuchli saltanatga aylandi. Bunga qadar bu 
yerlar ko‘k turk xoqonliqlari, so‘ng uyg‘ur xoqonliqlariga 
qarashli 
o‘lka 
edi. 
Mo‘g‘ullar 
esa 
turk 
davlatlari 
qaramog‘idagi, uning ichidagi bir qavm sifatida (asosan, 
tatar, 
moğul
atamalari bilan) yashab kelgan. Chingizxonning 
buyrug‘i 
bilan 
mo‘g‘ul 
xati 
yaratildi, 
yozuvni 
ular 
turklar(uyg‘urlar)dan oldi. Bu davrda mo‘g‘ul adabiy tiliga 
asos solindi, adabiy tilning rasmiy uslublari ishlab chiqildi. 
Fikrimizni XIII asrda yashab o‘tgan yevropalik sayyoh Gilom 
Rubrikning yozmalari ham dalillashi mumkin. Sayyoh o‘z 
esdaliklarida yozishicha, mo‘g‘ullar yozuvni uyg‘urlardan 
(turklardan) olgan, saroylarida uyg‘urlar kotiblik qilgan, 
o‘zlarining mo‘g‘ulcha yorliqlarini uyg‘ur xatida bitganlar 
(Григорьев 1981,81–82). Mo‘g‘ul tili Chingizxon zamonida 
davlat tili maqomini oldi va mamlakatning ichki hamda xalqaro 
munosabatlarida yetakchi o‘ringa chiqib oldi.
Biroq, chingiziylar qo‘l ostidagi ellarning, xususan, Oltin 
O‘rda davlati(Jo‘ji ulusi)ning rasmiy tili qay til bo‘lganligi 
fanda turli bahslarga olib kelmoqda. Gap shundaki, turkiy 
xalqlar tarixida chuqur iz qoldirgan Oltin O‘rda davlatida 
bitilgan rasmiy hujjatlar oz qolgan.


27
Mo‘g‘ul xonlarining saltanatning ilk davrlaridan qolgan 
davlat miqyosidagi va chet ellar bilan olib borgan bir qancha 
yozishmalariga tayanib, A.P. Grigorev XIII–XIV asrlarda 
(1380 yilga qadar) Oltin O‘rda davlatida rasmiy til mo‘g‘ul tili 
edi, degan fikrni bildiradi (Григорьев 1981). Biroq o‘sha 
zamonlardan 
qolgan 
turkiy 
yodgorliklar, 
o‘sha 
davr 
tarixchilarining yozmalari va ulardagi aniq-taniq qaydlar bu 
xulosani tamom inkor etmoqda.
Oltin O‘rda davlatida, qisman, mo‘g‘ul tilining ham amal 
qilganligini e’tirof etmoq lozim. Bunga Volga bo‘yidan 
topilgan XIV asrdan qolgan yodgorlikni misol keltirish 
mumkin. Qo‘lyozma uyg‘ur xatida yozilgan bo‘lib, matnning 
katta qismi mo‘g‘ul tilida, kichikroq bo‘lagi esa turkiyda. 
Bundan boshqa ham uyg‘ur xati bilan mo‘g‘ul tilida bitilgan 
rasmiy hujjatlar ma’lum. Aftidan, mo‘g‘ul zadagonlari o‘z 
saroylarida, uy ichida (tor doirada) mo‘g‘ulcha so‘zlashganlar. 
Hatto Botuxon davrida (1227–1255) rasmiy yozishmalar ham 
mo‘g‘ulcha olib borilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. 
Lekin, bu hodisani Oltin O‘rda davlatining rasmiy tili 
mo‘g‘ulcha edi, deb tushunmaslik kerak. 
Tarixiy manbalardan ma’lumki, XIII asrda dunyo yuzini 
ko‘rgan mo‘g‘ul ipmeriyasiga qaram o‘lkalar turklarning asl 
yurti bo‘lgan. Imperiya chog‘ida ham bu yerlarda turklar 
yashagan. Mo‘g‘ul zadagonlari boshda davlat ishlarini mo‘g‘ul 
tilida olib borishga urinib ko‘rdilar. Buning imkoni 
bo‘lmagach, rasmiy ishlarni turkiyda olib borishga majbur 
bo‘ldilar. Hatto mo‘g‘ul zadagonlari orasida islomni qabul 
qilganlari ham bo‘ldi. Mashhur sayyoh Ibn Battuta 
sayohatnomasida turk o‘lkalariga kelib qolgan tatarlar 
(mo‘g‘ullar)ning islom dinini qabul qilganligini tasdiqlovchi 
dalillar bor. Chunonchi, u Samarqand tashqarisidagi Qusam ibn 
Abbos ibn Abdul Muttalib muqaddas ziyoratgohi to‘g‘risida 
yoza turib ta’kidlaydi: “Tatarlar ham qabrni tavvof etish uchun 
kelib, ko‘plab pul sadaqa qiladilar, sigir va qo‘ylarini 


28
qurbonliqqa olib keladilar, dirham va dinor ehson etadilar... 
Tatarlar hali o‘tparast ekanliklarida ham mana shu muqaddas 
maqbaraga tegmaganlar, hatto uning mo‘’jizalariga guvoh 
bo‘lib sig‘ina boshlaganlar” (Иброҳимов 1993,75).
Oltin O‘rdada davlat ishlari, ichki va rasmiy munosabatlar, 
xalqaro diplomatik aloqalar, asosan, turkiyda yuritilgan. Bunga 
Tuxtamishxonning 1393 yili polyak qiroli Yag‘ayliga yo‘llagan 
uyg‘ur yozuvli yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397 yili uyg‘ur 
xati bilan bitilgan yorlig‘i misol bo‘la oladi. 
XIV–XV asrlarda Xorazm adabiy muhitida “chig‘atoy 
turkiysi”da yozilgan badiiy asarlar ham Oltin O‘rda til vaziyati 
to‘g‘risidagi ko‘zqarashlarga oydinlik kiritadi. Xorazm 
shoirlari qadimgi turk adabiyoti va tili an’analarni saqlagan 
holda turkiy tilda ijod etganlar. Muhimi shundaki, Oltin O‘rda 
adabiy muhitida yaratilgan asarlarning bari “chig‘atoy 
turkiysi”dadir. Bu hodisa “chig‘atoy ulusi” va Oltin O‘rda, 
qolaversa, mo‘g‘ullar qaramog‘idagi barcha turk o‘lkalarida 
umumiy bo‘lgan adabiy til amal qilgangidan dalolat beradi. 
Nasiruddin 
Rabg‘uziyning 
“Qisasi 
Rabg‘uziy” 
asari, 
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” dostoni Oltin O‘rda (Xorazm) 
adabiy maktabining qimmatli namunalaridir.
Qutbning “Xusrav-u Shirin” dostoni ham Oltin O‘rda 
adabiyoti va adabiy tilining yorqin o‘rnaklaridan. Mahmud bin 
Ali bin as-Saroyining “Nahju-l-faradis” asari ham ayni maktab 
ta’sirida yuzaga keldi. Asar 1357–1358 yili Oltin O‘rdaning 
poytaxti Saroy shahrida bitilgan.
Demak, yozma manbalar, Oltin O‘rda adabiy muhitidan 
qolgan o‘nlab badiiy asarlar, o‘sha zamonlardan qolgan tarixiy 
asarlardagi ma’lumotlarga tayanib, XIII–XIV asrlarda Oltin 
O‘rda davlatining rasmiy tili turkiy til, yozuvi esa uyg‘ur xati 
edi, degan qat’iy xulosaga kelish mumkin. 
O‘rta Osiyoning mo‘g‘ul istelosi davri tarixi xususida XIV 
asrning birinchi yarmida o‘tgan mashhur tarixchi sayyoh Ibn 
Battutaning “Tuhfatu-n-nuzzar fiy g‘aroyibu-l-amsor va 


29
ajoyibu-l-Asfor” degan sayohatnomasi katta o‘rin tutadi. 
Sayyohning O‘rta Osiyoga sayohati Tarmashirin hukmronligi 
davriga to‘g‘ri keladi. Mavoraunnahr sultoni Alouddin 
Tarmashirin haqida Ibn Battuta shunday ma’lumot beradi: “U 
qudratli hukumdor, qo‘shini ham juda ko‘p. U juda katta 
podsholik ustidan hukmron, o‘zi baquvvat va adolatli odamdir. 
Mamlakati jahonning to‘rt ulug‘ podshosi: Xitoy podshosi, 
Hindiston podshosi, Iroq podshosi va podsho o‘zbek mulklari 
orasida o‘rinlashgan. ... U mamlakatni o‘z birodari al-
Jakatoydan keyin qo‘lga olgan. Bu al-Jakatoy esa o‘tparast 
bo‘lib, taxtga katta akasi Kabakdan keyin o‘tirgan. Kabak ham 
g‘ayridin, ammo o‘z ra’iyatiga adolatli, musulmonlarni hurmat 
qiladigan kishi bo‘lgan” (Иброҳимов 1993,67). Alouddin 
Tarmashirin bilan bo‘lgan uchrashuvida sultonning turkiy tilda 
so‘zlaganini ta’kidlaydi.
Ibn Battuta yozadi: “Men u yerda “o‘rdu” deb ataladigan 
qarorgohda bir necha kun turib qoldim. Bir kuni odatdagidek 
masjidga kirib bomdod nomozini o‘qidim. Nomoz tugagach, 
kimdir menga sulton ham shu masjidda ekanligini aytdi. Men 
o‘rnimdan turib unga salom berish uchun yaqiniga bordim. 
Shayx Hasan va faqih Hisomiddinu-l-Yoqiy sultonga mening 
to‘g‘rimda, bu yerga bir necha kun muqaddam kelganligim 
haqida so‘zlab berishdi. Sulton menga turkiy tilda murojaat 
qildi: “Xushmisan, yaxshimisan, qutlug‘ o‘lsun” (Иброҳимов 
1993,68). 
Sulton bilan boshqa bir uchrashuvi to‘g‘risida yozadi: 
“Shoh huzuriga – chodirga kirib, uni oltin qadalgan ipak mato 
to‘shalgan taxtda o‘tirganini ko‘rdim, bu taxt minbarga o‘xshab 
ketardi. Chodirning ichi zar ipak bilan to‘qilgan mato bilan 
qoplangan, sultonning tepasida bir tirsak balandligida 
qimmatbaho toshlar ila bezatilgan toj osig‘liq turardi. Ulug‘ 
amirlar sultonning o‘ng va so‘l tarafida o‘rindiqlarda o‘tirib 
olishgan, ular oldida esa podishohning bolalari qo‘llarida 
yelpig‘ich tutib turishardi. Chodirga kiraverishda noib, hojib, 


30
Sohibu-l-alloma (muhr egasi) turishibdi. Ular (muhrni) “ol 
tamg‘a” deb atashadi. “ol” – “qizil” va “tamg‘a” – “muhr” 
ma’nosini bildiradi. Men chodir ichiga qadam qo‘yganimda 
shu to‘rt kishi menga peshvoz chiqib, men bilan birga ichkariga 
kirishdi. Men sultonga salom berdim, u savollar berdi. Sohibu-
l-alloma so‘zlarimni tarjima qilib turdi. Suhbatimiz mavzui 
Makka, Madina, Quddus (Alloh ularni yanada yuksaltirsin), al-
Xalil, Damashq, Misr haqida, al-Maliku-n-Nosir, ikkala Iroq va 
ularning podshosi, shuningdek, fors mamlakatlari to‘g‘risida 
edi” (o‘sha kitob, 69- bet). 
Muhimi, Ibn Battuta Mavoraunnahrdan o‘tib Hindistonga 
borgan chog‘dagi xotiralarida ham turklarga oid bir misolni 
keltiradi. Bu misol Tarmashirinning o‘g‘li bilan bog‘liq. 
Sayyoh yozadi: “Hind tuprog‘iga qadam qo‘yganimdan ikki yil 
o‘tgach, shunday bir xabar eshitdim: Sultonning (ya’ni 
Tarmashirinning) heshlari va amirlari Xitoy bilan chegaradosh 
uzoq viloyatga uning ko‘pchilik qo‘shini turgan joyga 
to‘planib, sultonning Buzan-o‘g‘li ismli o‘g‘liga qasamyod 
etganlar. U yerda shahzodalarni “o‘g‘li” deb atashadi” 
(Иброҳимов 1993,70). 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin