Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

O‘zbek tili
o‘zining uzoq asrli tarixiy takomili davrida bir 
qancha bosqichni o‘tgan.
Tilimiz tarixining ilk bosqichi eng eski chog‘lardan boshlab 
melodning V yuzyilliklariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga 
oladi. Bu bosqichni shartli ravishda 
eng qadimgi turkiy til 
deb 
ataymiz. Ilmiy asarlarda bu davrning ilk bosqichi “oltoy”, 
keyingi bosqichi “xun davri” deb yuritiladi. Melodiy VI asrdan 
qadimgi turkiy adabiy til
davri boshlanadi. Bu davr adabiy, 
ya’ni yozma til tarixining ilk bosqichidir, chunki turkiy yozma 
adabiy til ana shu kezda yuzaga kelgan. Bu davr to‘g‘risida 
so‘z ketganda unga 
yozma adabiy til
atamasini qo‘shib 
ishlatganimiz ma’qul. Keng e’tirof etilishicha, “qadimgi turkiy 
yozma adabiy til” davri VI–X yuzyilliklarni qamraydi. Turkiy 
tilning eng ko‘hna yozuv yodgorliklari o‘sha chog‘lardan 
qolgan. Turkiy, xususan, o‘zbek adabiy tilining tarixi ham 
mazkur yozma yodgorliklar tilidan boshlanadi. Bu davr 
quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 1) Ko‘k turk yozma 
yodgorliklari tili (Bu guruhga Birinchi va Ikkinchi turk 
xoqonliqlari davrida yaratilgan ko‘k turk yozuvli urxun va 
yenisey, tuva, talas, farg‘ona yodgorliklarining tili kiradi); 2) 
Uyg‘ur xoqonliq va davlatlarida yaratilgan ko‘k turk, uyg‘ur, 
moniy, brahma, sug‘d yozuvlaridagi yozma yodgorliklar tili 
(turkshunoslik asarlarida “qadimgi uyg‘ur tili” deb ham 
atalmoqda). 
XI asrdan 
eski turkiy adabiy til
davri boshlanadi. Bu 
bosqich XIV yuzyillikning boshlariga qadar davom etgan. 
Muhimi shundaki, bu davrning ilk bosqichlarida, xususan, 
qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili 
“qadimgi turkiy til” davrida yaratilgan bitiglar tiliga juda 
yaqin, ularda qadimgi yozma til an’analari davom etgan. 
Birgina misol: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” 
asarida keltirilgan turkiy og‘zaki ijod namunalari ham til, ham 


7
badiiy jihatdan ancha burungi davrlarga ildiz otgan. Yoki 
mashhur “Qutadg‘u bilig” dostonining tili, lug‘at qatlamidagi 
sanoqli arabcha, forscha so‘zlarni demaganda, ko‘k turk 
bitiglarining tili bilan aytarli birday.
Eski turkiy adabiy til davri quyidagi bosqichlarni 
birlashtiradi: 1) Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida 
yaratilgan yozma yodgorliklar tili); 2) “Chig‘atoy turkiysi”; 3) 
Eski xorazm turkiysi (Oltin O‘rda va Xorazm muhitida amal 
qilgan adabiy til); 4) Eski qipchoq tili (Misrda yozilgan 
grammatik asarlar va lug‘atlar hamda g‘arbiy turk o‘lkalarida 
qipchoqlar yaratgan asarlar tili); 5) Eski anato‘li turkchasi (Bu 
XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy tildir. 
Keyinchalik buning negizida 
usmonli turkchasi
otini olgan 
adabiy til yuzaga keldi); 
Eski o‘zbek adabiy tili
(XIV asrdan XX yuzyillikning 
boshlariga qadar). Bu davrda ham “chig‘atoy turkiysi” davom 
etdi. XIII–XVI asrlarning adabiy tili “chig‘atoy turkiysi” oti 
bilan yuritiladi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining eng 
yashnagan bosqichidir. O‘sha yuksalishning ta’siri va 
an’analari XX yuzyillikning boshlariga qadar keldi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Bu davr XX asrning boshlaridan 
to shu kungacha amal qilmoqda. 
Boshqa fanlarda bo‘lgani singari til tarixining ham o‘z 
chegarasi, o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi manbalari 
bor. Til tarixi yozuv yodgorliklariga tayangan holda muayyan 
tilning yuzaga kelishi, uning tarixiy taraqqiyoti, hozirgi 
ko‘rinishiga kelgunga qadar yuz bergan o‘zgarishlar, ularning 
yuz berishida amal qilgan qonuniyatlarni tadqiq etadi. Turkiy, 
xususan, o‘zbek tilining tarixi quyidagi tayanch manbalar 
asosida o‘rganiladi: 
1. 
O‘tmishdan qolgan yozma yodgorliklar
. Til tarixini 
o‘rganishda eng ishonchli manba bizgacha yetib kelgan yozuv 
yodgorliklaridir. Turkiy tilda yaratilgan diniy-falsafiy asarlar, 
badiiy adabiyot namunalari, tarix kitoblari, epigrafik matnlar, 


8
qabrtosh yozuvlari, huquq ishlariga, xo‘jalik ishlariga tegishli 
bitiglar va boshqa yozma obidalar turkiy tillar tarixini 
o‘rganishda eng muhim manbalar sanaladi. Muhimi shundaki, 
ilk va o‘rta asrlarda turkiy tildagina emas, xitoy, sug‘d, fors, 
arab tillarida turkiy tillar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asarlar, 
lug‘at va grammatika kitoblari yaratilgan. Ushbu asarlar ham 
turkiy tillar tarixini o‘rganishda tayanch manbalar bo‘la oladi.
2. 
Xalq og‘zaki ijodi (folklor) materiallari.
Xalq afsonayu 
dostonlari, 
rivoyatu 
ertaklari, 
qo‘shiqlari, 
maqol 
va 
iboralarining ayrimlari juda eski zamonlarga ildiz otgan. 
Folklor materiallari badiiy tafakkurdagi eski an’analarga, til 
an’analariga izchil amal qiladi. Asrlar bo‘yi yuzaga kelgan 
ushbu ijod namunalari eski til belgilarini yaxshi saqlaydi. 
Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi asarlari tilidan til tarixi 
materiali sifatida ham foydalanish mumkin. 
3. 
Hozirgi turkiy tillar va ularning shevalari.
Turkiy tillar 
va xalq shevalari eski turkiy tilning yuzyilliklar osha fonetik, 
leksik-semantik, 
grammatik, 
stilistik 
jihatdan 
o‘zgarib, 
takomillashib, turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy 
hayoti talablariga bo‘ysungan holdagi hozirgi ko‘rinishidir. 
Ayniqsa, xalq tili o‘tmish an’analarini o‘zida yaxshi saqlaydi.
4. 
Joy otlari (toponimlar), geografik atamalar, xalq otlari 
(etnonimlar)
. Shahar, qishloq otlari, suv otlari (gidronimlar) va 
boshqa geografik atamalar, etnonimlar tilning eski qoldiqlarini 
o‘zida aks ettirgan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular til tarixini 
o‘rganishdagi muhim manbalardan bo‘la oladi. 
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r: 
 
Lutfan
umumxalq tili
va 
adabiy til, og‘zaki
va 
yozma til
tushunchalarini izohlab bering. O‘tmishda bular qanday atalgan? 
O‘zbek tilining tarixi qanday bosqichlarga bo‘lib o‘rganiladi? 
O‘zbek tilining tarixi qanday manbalar asosida o‘rganiladi? 
O‘rnaklar bilan tushuntiring. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin