193
ta’kidni
bildiruvchi mantiqiy -
dïr
turibdi:
Bu uy čïraylï(dïr);
Meniŋ niyatïm šu(dïr)
. Buning singari misollarni yana
keltirishimiz mumkin: ularning hammasida ham kesim o‘rnida
mantiqiy -
dïr
tasavvur etiladi va bundayin “ot-kesimli”
gaplarning mantiqiy kesimi yana fe’lga qaytadi.
Hozir biz qo‘llayotgan -
dïr
qadimgi turkiy tildagi
turur
ning qisqargan shaklidir (
turur / durur > tur / dur > dïr
).
Qadimgi yodgorliklar tilida gapning kesimi, asosan, fe’l
bo‘lib keladi:
Türk bodun ölti, alqïntï, yoq boltï
. – Turk xalqi
o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi (Ton.3).
Yozma yodgorliklar tilida -
ol
ham kesimlik belgisi bo‘lib,
fikr tugalligi, aniqligini bildirib keladi. Misollar:
Türk bodun yämä bulğanč-ol, tämis. Oğuzï yämä tarqanč-
ol, tämis
. – Turk xalqi ham sarosimadadir, – debdi. – O‘g‘uzi
ham targ‘oqdir”, – debdi (Ton.22).
Kišidin kišikä qumaru söz-ol,
Qumaru sözi tutsa asğï yüz-ol. –
Kishidan kishiga (qolar) yodgorlik so‘zdir,
Yodgorlik so‘ziga amal qilsang, foydasi yuzdir (QB.187).
Özüŋ mäŋü ermäz, atïŋ mäŋü-ol
. – O‘zing
mangu emas,
oting mangudir (QB.226).
Biroq gapda fe’ldan boshqa so‘z turkumlari ham kesim
bo‘lib kelishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham, u
mantiqan fe’l-kesimni talab qiladi. Qadimgi turkiy tilda buni
turur
fe’li ta’minlaydi. Quyidagi misolga e’tibor qarataylik:
Qul yağï, ït böri
. – Qul – dushman, it – bo‘ri (MK.I.324).
Qo‘shma gap shaklidagi ushbu
maqoldagi birinchi gapning
kesimi –
yağï
, ikkinchisiniki –
böri
. Ikkala gapning kesimi shu
turishida mantiqan turur fe’lini talab qiladi. Demak, ushbu
maqolning qisqarishga uchramagan, tiklangan shakli
Qul yağï
(turur), ït böri (turur)
bo‘ladi.
Til tarixida fe’lning shaxs-son ko‘rsatkichi
ham gap
kesimini shakllantira oladi. Masalan:
Qutluğ čigši-ben
. – (Men)
Qutlug‘ chigshiman (E.19.1);
Bilgä Toñuquq-ben
. – (Men)
194
Bilga To‘nyuquqman (Ton.1);
Antağ küčlüg-män
. – Shunday
kuchliman (IB.20).
E’tibor
berilsa,
keltirilgan
misollarda
shaxs-son
qo‘shimchalari
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ot
yoki
sifatga
bog‘lanayotgani
yo‘q.
Ular
mantiqan
kesimlikni
ta’minlanayotgan turur fe’liga bog‘lanmoqda. Shuni inobatga
olganda keltirilgan gaplarning tiklangan holati: Qutluğ čigši
(turur)-ben; Bilgä Toñuquq (turur)-ben; Antağ küčlüg (turur)-
män shakllarini oladi.
Boshqa bir misol: Alp čerigdä, bilgä tirigdä (MK.I.369).
Ushbu gapning kesimlari mantiqan tugallikni bildiruvchi
“bilinadi”, “sinaladi” fe’llarini talab etadi. Ana shu fe’l-
kesimning qisqarishi natijasida to‘ldiruvchi
kesim vazifasini
o‘tamoqda. Shuning uchun bu gapni “Alp jangda, dono
majlisda sinaladi” deya anglamoq kerak.
Yana bir o‘rnak: Qoldačïqa miŋ yağaq, barča bilä ayruq
tayaq. – Tilanchiga mingta yong‘oq, barchasiga qo‘shimcha
suyanadigan tayoq (ham ber) (MK.I.394). Ushbu gap mantiqan
“bergil” fe’lini talab qiladi. Shuning uchun tiklangan
ko‘rinishini quyidagicha o‘qish mumkin: Qoldačïqa miŋ yağaq
(bergil), barča bilä ayruq tayaq (ma bergil).
Turkiy tillarda (til tarixida ham, hozir ham) kesim, asosan,
fe’l bilan ifodalanadi. Uslubiy talablar,
tejamkorlik qonunidan
kelib chiqqan holda boshqa so‘z turkumlari ham kesim bo‘lib
kela olishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham biz kesim
deya sanayotgan so‘zimiz mantiqan fe’lni talab qilaveradi. Til
tarixida kesimlikni
turur
fe’li ta’minlagan bo‘lsa, hozirgi
o‘zbek tilida esa uning vazifasini -
dïr
bajaradi.
Dostları ilə paylaş: