1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi to’g’risida" va
"Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri byudjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”,
G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi. O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan
“ O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti g’azna ijrosi byudjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma
” ga asosan
buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning
hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi.
Xozirda byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek
G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna
dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy
bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga
tayanadilar.
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini
yuritishdan maqsad davlat byudjeti ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini
shakllantirishdan iboratdir.
Moliya organlarida G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya