Bolalarga hisoblash usulini o‘rgatish.
Bolalar arifmetik amallarni ifoda etishga va
uni asoslab berishga o‘rganib olganlaridan keyin ularni hisoblash usullari bilan tanishtirish
mumkin. Ular qo‘shish va ayirishni 1 ni qo‘shib va ayirib o‘rganib olishlari kerak. Bolalar
ushbu usullarni egallab borishda qo‘shni sonlar o‘rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni
tushunishga hamda sonlarning birliklardan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim.
Arifmetik amallarni o‘rgatish jarayonidagi mashg’ulotning bir qismi sonlarni solishtirish va
sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi bilimlarni mustahkamlashga o‘rgatadi.
Bolalarga hisoblash usullarini qanday o‘rgatish mumkin? Rasm bo’yicha quyidagi masalani
tuzishni taklif etish mumkin. Bolalarni arifmetik amallarni ifoda etishni hisoblash
usullaridan farq qila bilishga o‘rgatish uchun qo‘shishda + "ga" ayirishda -"dan"
qo‘shimchalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bolalar hisoblash vaqtida olingan
javob bilan birga arifmetik amallarni takrorlaydilar. Shundan keyingina ular masala savoliga
javob beradilar. Dastlab bolalar ko‘rsatma material asosida keyinroq miyada sonlarning
to‘g’ri va teskari ketma- ketligi haqidagi bilimlar hamda ular masala o‘rtasidagi bog’lanish
va munosabatlarni tushunishiga asoslanib hisoblaydilar.
440
Yil oxirida bolalar masala tuzishga undagi shart va savolni farq qila bilishi,
berilgan sonlarni ajratib olishni, ular o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlashni,
arifmetik amallarni to‘g’ri to‘plashni va ifoda etishni hisoblash usullaridan foydalanib
harakat natijasini topishni va masala savoliga to‘liq javob berishni bilishlari kerak.
Arifmetik masalalar yechish.
Masala yechishda " qo‘shish " " ayirish" " barobar" matematik atamalaridan
foydalanish zarur. Bolalar " yozishni" mashq qiladilar.
1-2 bola mustaqil " yozganlarini "o‘qib beradilar.
"3 ta sharga 1 ta shar qo‘shilsa 4 ta shar bo‘ladi".
Kim masalani yechadi? 3ga 1 ni qo‘shish kerak.
Lolada nechta shar bo‘ldi? 4 ta
Doskada 3 o‘quvchi barobar 4 deb aytishadi.
Bolalar ko‘pincha masalani hikoya, topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar.
Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Yana bir necha baliq solib qo’yishdi. Bu masalani
yechish mumkinmi? Yoki 4 og’ayni bitta tom tagida yashaydi. Bular masala emas, balki
hikoya va topishmoqdir. Masalada eng kamida ikkita son ishtirok etishi uqtiriladi.
Geometrik figuralar.
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirishning asosiy vazifasi ko‘pburchaklar
bilan tanishtirishdir. Uchburchak, kvadrat, to‘g’ri to‘rtburchaklar
ko‘pburchaklarning turlari sifatida qaraladi. Dastur mazmuni shunday tuzilganki uni
o‘zlashtirish natijasida bolalarning ko‘pburchaklar turlari haqidagi umumiy bilimlari
kengayadi. Bu bolalarda elementar matematik tafakkurni o‘stirishga imkon beradi.
Figuralarning moddalari bilan shug’ullanish jarayonida bolalarning ko‘pburchakning ba‘zi
bir xususiyatlari haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Ko‘pburchaklar tomonlari va burchaklari
tengligi bilan aniqlanadi. Birinchi tanishishda ko‘rish, siljitish, paypastlash usullaridan
keyin son va o‘lchashdan foydalanadilar. Avval umumiy belgilari: tomonlari, burchaklari,
burchak uchlari ko‘rsatilishi lozim. Bularni bolalar birinchi mashg’ulotlardayoq o‘zlashtirib
oladilar. Faqat nuqtalar qo‘yib ularni birlashtirib, ko‘pburchaklar chizganda qiynaladilar,
xususiyatlarini o‘rgana borish davomida uning yangi xususiyatlari ochila boradi: ularning 4
ta tomoni, 4 ta burchagi, 4 ta burchak uchi bor.
O‘lchash asosida bolalar o‘zlari uchun yangi xususiyatlar (teng va notenglikni)
aniqlaydilar. O‘lchov birligi qilib qog’oz tugmasi olinadi: kvadratga 1 ta tasma, to‘g’ri
turtburchak uchun ikkita tasma. Bolalar ixtiyorida doimo xilma xil
ko‘pburchaklar bo‘lishi kerak. Buklash orqali bolalar bir figuradan boshqa figuralar hosil
qiladilar. Ko‘pburchaklarning xossalarini aniqlaydilar, bunda ayniqsa ko‘pburchaklardan
uchburchak hosil qilish va uchburchaklardan boshqa figuralar hosil qilishga ko‘p e‘tibor
berish kerak.
Arifmetik masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini
rivojlantirish.
441
Masalalar yechish matematika fanini o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir.
Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Masalalar yechishida nazariyani amaliyotga tadbiq qilinishi haqida fikr yuritishida natural
sonlar arifmetikasini o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi
asosida tuzilgan. Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog’lanishlarni,
amalda qo‘llanishlari bilan natijalar orasidagi baholashlarni ochib berishda har xil miqdorlar
orasidan baholashlar bilan tanishishiga, yechish va ular haqida fikr yuritish katta ahamiyatga
ega bo‘ladi.
Sodda va tarkibli masalalar o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning
foydali vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga yashirin ma‘lumotni oladi. Masalalarni yechishda
predmetga bo‘lgan qiziqishi rivojlanadi. Umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik,
mehnatsevarlik maqsadga muvofiqdir.
Qo‘shish va ayirishga o‘rgatish 1- sinfda matematika o‘qitishning asoslaridan
biridir. Bolalar bog’chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalar arifmetik
masalalarni yechib, hisoblash malakalarini egallab boradi. Bu arifmetik masalalarning
ma‘nosini tushunishiga hamda unga ongli ravishda yondoshishlar, xatoliklar, natija hamda
amallar komponenti orasidagi o‘zaro bog’lanishlarni aniqlashga imkon beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, ya‘ni narsalar ustida
ish bajarishdan, qo‘shish ayirishdan bevosita kelib chiqadigan (qo‘shdik, ko‘paydi, ayirdik,
kamaydi) arfmetik masalalarni yechadilar.
Bular yig’indi va qoldiqni toipishga qaratilgan masalalardir. Bolalarga katta son va
kichik sonlarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi. Ularni avval 1 sonni qo‘shish va ayirish
keyinroq 2 va 3 sonlarni qo‘shish va ayirishga o‘rgatib boriladi. Masalalar yechish bolalarga
avvalo mukammal matematik tushunchalarni shakllantiradi. Fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi. O‘ylash masalalarni hayotga tadbiq eta olish, har bir amallarning ma‘nosini
tushunishdan iboratdir. Qo‘shish amallariga doir masalalar yechishiga to‘plam elementlarini
birlashtirish natijasida belgilarni aniqlaydilar, amallarni noma’lum komponenti (noma’lum
qo‘shiluvchi, ko‘payuvchi, bo‘luvchi) topishga doir masalani yechayotib bolalar arfimetik
amallarni komponentlari va orasidagi bog’lanishni o‘zlashtiradilar. Masalalar konkret
material bo‘lib, ular yordamida o‘quvchilarda yangi bilmlar vujudga keladi va mavjud
bilimlar tadbiq qilish mobaynida mustahkamlanib boriladigan holda nazariyani amaliyot
bilan o‘qitishni tushuntirish bilan bog’lab olib borish imkonini beradi. Arifmetik masalalar
yechish o‘quvchilar kundalik hayotida har kungi o‘quv zarur bo‘lgan amaliy fikrlarini
vujudga keltiradi. Hayotdagi harid qilingan narsaning narxini, ko‘rishgan narxini, olgan
narsalarni narxini, ishga kech qolmaslik uchun uydan qachon chiqqanligi haqida fikr
yuritiladi. O‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish uchun masalalardan keng
foydalaniladi. Masala tuza bilish ko‘nikmasi uning tuzilishini o‘zlashtirib olish uchun zamin
yaratadi. Bolalar masala tuzish bilan 2 yoki 3 mashg’ulot o‘tganidan so‘ng tanishadilar ular
masalada shart va savol borligini bilib oladilar. Masala shartini kamida 2 ta son bo‘lishligi
alohida ta‘kidlanadi. O‘qituvchi bolalarga masalani nima haqida gapirishini so‘zlab
442
beraman, siz bo‘lsangiz men aytgan narsalarni hammasini chap tomoniga 3 ta olma o‘ng
tomoniga 4 ta olma qo‘ydim. Stolga hammasi bo‘lib nechta olma qo‘yildi. Bolalarga tarbiya
berishda ham maqsadli malakalarni roli katta masalalar o‘quvchilarni fikrlash doiralarni
kengaytirishiga yordam beradi. Masalalar yechish haqida fikr yuritish natijalarida shunday
masalalar tarkib topadi.
Masalalarni tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qib o‘zlashtirishdan
boshlanadi. Masala shartini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida har bir o‘quvchi
masala matnini mustaqil o‘qib chiqishi zarur bo‘lishi uchun ularga masalani oldin
ovoz chiqarmay o‘qishini so‘ngra esa tovush chiqarib ifodali o‘qishni taklif qilish
kerak. Masalani ifodali o‘qishda sonni ma‘lumotli va masalani yechish uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan elementlari tovush bilan ajratib olishlari uchun fikr
yuritishlari o‘rgatiladi. O‘quvchi masalani yechish mobaynida son, arifmetik amallar,
amallarni bajarish tartibi haqida fikr yuritadilar, o‘quvchilar masalalar yechish orqali tarbiya
sohasida muhim bo‘lgan fikrlar bilan tanishadilar. Ko‘p masalalarning mazmunida bolalarni
va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo‘jaligi mexanika fan va madaniyatida
erishgan yutuqlari haqida fikr yuritadilar.
Masalalar yechish haqida fikr yuritish aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir
ko‘rsatadi chunki u aqliy operasiyalarni analiz va sintez, taqqoslash umumlashtirishni talab
etadi. O‘quvchi istalgan masalani yechayotganda analiz qiladi, savolini masala shartida fikr
yuritadi. O‘quvchilar masala yechish orqali izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishlarini
aniqlash uchun fikr yuritadilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari masala yechimini og’zaki
yoki yozma ravishda bajarishi mumkin. Og’zaki yechishda tegishli arifmetik amallar,
tushuntirishlar og’zaki bajariladi. Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli
yarmi og’zaki bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarayotgan masalalarning deyarli
amallarga doir to’g’ri va qisqa tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak.Yozma yechishda
amallar yoziladi yoki og’zaki aytadilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatishda quyidagi
etaplarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
1.
Masala mazmuni bilan tanishtirish. Masala mazmuni bilan tanishtirish uni o’qib,
masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish demakdir.
2.
Masala yechimini izlash. Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng uning
yechimini izlashga o’tish mumkin, o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berilgan
sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va izlanayotgan
son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik
amallarni tanlashlari kerak.
3.
Masalaning yechilishi. Masalaning yechilishi bu yechim rejasi tuzilayotganda
tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir amalni bajara turib
nimani topayotganimizni tushuntirish shart.
443
Ajratilgan etaplar bir-biri bilan uzviy bog’langan va bu bosqichning har bir etapida
ish asosan o’qituvchining rahbarligida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |